Ateizm
Jump to navigation
Jump to search
- Balki xudo meni ateist qilib tanlagandir?
- Ateizm shunday yupqa muz qatlamidirki, uning ustidan bir kishi oʻtib ketishi mumkin, lekin olomon oʻtolmay, gʻarq boʻlgay.
- Xudo doim kuchli qoʻshinlar tomonidadir.
- Xudosi osmonda boʻlgan odamlardan qoʻrqing.
- Men e'tiqodlimanmi? Bu yolgʻiz Xudoga ayon.
- Stanisław Jerzy Lec
- Xayoliy mavjudotlarga tarqataverish uchun olamda mehr va ezgulik kamlik qiladi.
- Xudoga shukrki, ateistman.
- We are all atheists about most of the gods that societies have ever believed in. Some of us just go one god further.
- Handaqda ateist topolmaysiz.
- "Handaqda ateist topolmaysiz" argumenti ateizmga emas, handaqlarga qarshi argumentdir.
- Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy ta'lim yoʻq, zero diniy asossiz berilgan ma'naviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha ta'lim-tarbiya e'tiqodga suyanishi lozim; biz e'tiqodli odamlarga muhtojmiz.
- Bu hipotezaga ehtiyoj yoʻq.
- Odamsimon Xudo gʻoyasi menga antropologik konsept kabi tuyulayapti, men esa buni jiddiy qabul qila olmayman.
- Mening dinim yoʻq, va ba'zida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini istardim. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir; bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap.
- Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta boʻlgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikur'ning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
- Agar ibtidoga qaytsak, shuni koʻrar edikki, rad va qoʻrquv xudolarni yaratdi; xayolot, entuziazm va yolgʻon ularni bezadi; ojizlik ularga ibodat qildirdi; ishonch ularning tiraniyasini qoʻllab, hurmat qilishga undab, odamlarni koʻrlikda ushlab turibdi. Agar tabiatni rad etish xudolarni paydo qilgan esa, tabiatni tanish ularni yoʻq etgay.
- Har bir qishloqda mash'ala bor: O'qituvchi. O't oʻchirgich ham bor: Ruhoniy.
- Soʻnggi tosh, soʻnggi ibodatxona soʻnggi ruhoniy ustiga qulamaguncha tamaddun mukammallikka erishmaydi.
- Odamlar ikki turdir:
Miyali, biroq dinsiz,
Dini bor, lek miyasiz. - Xudo sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun toʻqib kelingan. Lekin siz ba'zi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan soʻng, siz xudoni qonunlar bilan almashtirasiz; xudoga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin siz unga boshqa sinoatlarni izohlash uchun muhtoj boʻlasiz. Shunday qilib siz uni olamning yaratuvchisi sifatida qoldirasiz, chunki biz hali bu haqida koʻp narsa bilmaymiz, bu sinoatdir; yoki siz uni fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda "chaqirasiz", masalan ruhiyat, yoki hayot davomiyligi va oʻlim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bogʻliq boʻladi.
- Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
- Steven Weinberg
- Fanni dinni qoʻllab-quvvatlab yoki dinni buzib oʻrgatish kerak emas. Fanni dinga e'tibor bermay oʻrgatish lozim.
- Steven Weinberg
- Din inson sha'nini haqoratlaydi. U boʻlsa ham, boʻlmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
- Steven Weinberg
- "Menga sigʻinmasang seni abadul-abad yoqaman." Men azaldan buni ablahlik, deb hisoblab kelaman.
- Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.
- Oddiy sogʻlom mantiqqa koʻra men Xudoga ishonmayman.
- Men dunyoqarashini din toraytirmagan va buzmagan aqlli insonlarni kamdan-kam uchratganman.
- Din avom tomonidan haq, donolar tomonidan yolgʻon, va hukmdorlar tomonidan foydali, deb topiladi.
- Barcha fikrlaydigan kishilar ateistdirlar.