Yusuf Xos Hojib
Qiyofa
Yusuf Xos Hojib | |
---|---|
![]() | |
![]() |
Yusuf Xos Hojib (tax. 1020-yil) – turkiy shoir, faylasuf, davlat arbobi. „Qutadgʻu bilig“ dostoni muallifi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Agar xalqning boshchisi yaxshi boʻlsa, uning xizmatchilari yaxshi boʻladi[1].
- Aralashdingmi, fitna koʻtaradi, koʻr,
Biri – gʻiybatchi, chaqimchilik qiluvchi.
Biri – ikkiyuzlama kishi, tamagir[2]. - Ayo odam, keksayib takabbur boʻlma, u kattalarga teng boʻla olmay, oʻzingni xorlikka solma[1].
B
[tahrirlash]- Baxil boʻlma, ey saxovatli kishi,
Saxovatli degan mangu qoladi, oʻlmaydi[3]. - Bilim, hunar, ezgu qiliq va yo xulqni
Kishi oʻrganadi, soʻng yoʻriq tuziladi.
Kishi zulmat bosgan qorongʻu uy kabidir,
Oʻquv-idrok bir mashʼaldirki, uni yoritadi.
Koʻrgin, turli yaxshiliklar oʻquv-idrokdan keladi,
Kishi bilim tufayli ulgʻayadi, mashhur boʻladi[4]. - Bilimli ichimlik ichsa, bilimsiz boʻladi,
Bilimsiz mast boʻlsa, nojoʻya ishlar qiladi.
Ichimlik ichma, ichimlik ichsa, kishining baxti ketadi,
Ichimlik ichsa, kishi telba, tentak boʻladi.
Qaysi narsaga mehnat koʻp sarflansa,
Oʻsha narsa sevimli, aziz boʻladi[5]. - Bilimni buyuk, oʻquvni ulugʻ bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulugʻlaydi.
Zakovat qayerda boʻlsa, ulugʻlik boʻladi,
Bilim kimda boʻlsa buyuklik oladi[6]. - Bilimsiz, shubhasiz, aniq koʻrdir,
Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol[6]. - Birovga yaxshilik qilgan boʻlsang, yaxshiligingni aytib, uni kamsitma, birovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib, zaharga aylantirma![7]
- Birov senga muayyan bir mehnatni singdirsa,
U mehnatni unutma, misli oʻlik boʻlma.
Ey asl kishi, odamgarchilikni qoʻyma,
Kishilarga doim odamgarchilik qilib tur.
Kel mol degan nom olma, odamgarchilik qil.
Odamga odam boʻl, odamgarchilik qil[8]. - Bolaga otaning mehnati singgan boʻlsa,
Soʻng u bolaning xulq-atvorida bilinadi.
Ota bolani nazoratda tutsa,
U yaxshi, ezgu boʻladi[9]. - Boshqalarga ziyon istama, oʻzing ham ziyon koʻrma,
Faqat yaxshilik qil, havas va orzuni bilgin[10].
D
[tahrirlash]- Dunyo davlat bilan seni avramasin,
Hamma ishlarda ham toʻgʻrilik ista[11]. - Dushmanni zaif deb uzoq gʻofil boʻlma,
Nega qoʻrqayin, deb soʻz bilan kerilma[12].
H
[tahrirlash]- Hamma ezguliklar bilim tufaylidir,
Bilim tufayli goʻyo koʻkka yoʻl topiladi.
Soʻz boʻz yerga yashil koʻkdan tushdi,
Soʻzi tufayli inson oʻzini ulugʻ qildi[13]. - Har kim odob surmasidan tortsa hayo koʻziga,
Maqsad kelinin koʻrar qarshisida behijob.
Ota bolani kichikligidan bebosh qilib qoʻysa,
Bolada gunoh yoʻq, barcha jafo otada.
Oʻgʻil-qizga bilim, hunar oʻrgatish kerak,
Toki bu hunarlar bilan feʼl-atvori goʻzal boʻlsin.
Kimning xulq-atvori, feʼli yaxshi boʻlsa,
U tilagini topadi, oyu kun unga kulib boqadi[14]. - Haromga aralashma va zoʻravonlik qilma,
Oʻzgalar qonini toʻkma, xusumat va gʻaraz qilma[15].
I
[tahrirlash]- Ilm asosiga qurilmagan ulugʻlikning oxiri xorlikdir.
Nodon agar ulugʻ boʻlsa, unga koʻngil bogʻlama,
Chunki amal nodon bilan boqiy emas jahonda.
Charox hech qachon johillarning amalini bilmaydi,
Qora chohga tiqar uni, qoʻymas bir kun omonda.
Kishini yilqidan bilim farqladi,
Bilim bilan inson martabali boʻldi.
Zakovatli kishi goʻzal va til-soʻzi toʻgʻri,
Va tamomi qiliqlari tugal – toʻkis boʻladi[16]. - Ishga shoshib kirishma, sabr qil, ehtiyot boʻl,
Shoshilib qilingan ishning oxiri voy boʻladi,
Shoshilib qilingan ishlar nechogʻli yaramas boʻladi.
Shoshqaloqlik barcha adashgan kishilar ishi[17]. - Ichimlik ichma, ey mayparast, boʻgʻzining quli,
May ichsang, senga gadolik yoʻli ochiladi.
Mast boʻlgach, kishi telba, tentak boʻladi.
Kimning himmati boʻlmasa, u oʻlikdir,
Ikkala dunyoda ham u bebahra boʻladi.
Barcha xalqqa koʻngildan mehribon boʻl,
Doim xayrli ish qil, oʻzing ezgulik top.
Xalqqa manfaat keltir, zararli boʻlma,
Feʼlingni yaxshi tut, yomonlarning kasofatini bos[5]. - Ichimlik ichma, tubanlarga aralashmay yur,
Emin yur, doim ezgu boʻlasan.
Sinalgan, tanilgan kishini mahkam tut.
Undan senga tuman ming manfaat tegadi.
Har qanaqa soʻzni ham tingla, lekin ishonma
Koʻnglingdagini ochma, qattiq va mahkam tut[18]. - Ichimlik ichma, zinhor zinoga yaqinlashma, xazar qil.
Bu ikki narsa gadolik toʻnini kiydiradi[5].
K
[tahrirlash]- Kim yaxshilik qilsa, yaxshilik topadi,
U jabru sitamlarga qaramaydi.
Kimda kim yomonlik koʻrib, yaxshilik qilsa,
Ey ezgu kishi, men seni orzu qilaman,
Ey ezgu, senga kim tuyadi, aytib ber menga
Endi beri kel, men senga juda chanqoqman[19]. - Kishi ikki narsa tufayli qarimaydi,
Biri – ezgu xulqi, biri – ezgu soʻzi.
Mendan senga kumush, oltin qolsa,
Ularni sen bu soʻzga teng tutmagil[20]. - Kishilar orasida yetugi uyatli kishidir[1][21].
- Kishilar yovuzi – bu ezma kishidir.
Kishilarning qadrlisi – saxovatli kishidir[8]. - Kishi chiroyiga ichki dunyosi eshdir,
Yuz koʻrki bilan uning feʼl-atvori tengdir[22]. - Koʻp soʻzlab kishi dono boʻlmaydi,
Koʻp eshitib, dono barchaga bosh boʻladi[23]. - Koʻngil va tilni toʻgʻri tut, ey bilagʻon dono,
Oʻz vaqtida sening rizqing kamaymaydi.
Oʻzing bu dunyoda boylik istasang,
Toʻgʻri boʻl, soʻzlaringni toʻgʻri tut[24].
M
[tahrirlash]- Mol-dunyoni qancha termagin, u tugaydi, ozayadi. Yozilsa-chi, soʻz abadiy qoladi, olamni kezadi[1][25].
O
[tahrirlash]- Odam boʻl, odamga odamiylik qil,
Odam degan otni, maqtovni ol[26]. - Odam nima bilan ravnaq topsa,
Oʻshanga yopishadi.
Bola uyning ziynati.
Inson nomi oʻlmay yashaydi takror,
Ortidan farzandi qolganda yodgor!
Yuksalish qiyin, pastlash oson,
Negaki ogʻir toshni koʻtarish qiyin,
Tashlab yuborish osondir!
Baxt, davlat qayerda boʻlsa, unga boʻyin ber, yarash,
Agar baxtga erishsang, qaygʻu bilan kurash[27].
Q
[tahrirlash]- Qay bir ishni boshlasangiz ham, oxirini oʻylang. Oxiri oʻylanmagan ishlar insonga zarar keltiradi[28].
- Qayerda xiyonat oyoqqa tursa,
Oʻsha yerdan diyonat yiroqlashadi.
Xiyonatkor qayerga qul ursa,
Dengizni shimiradi, yerni quritadi[29]. - Qachon qahring kelsa, oʻzingni tut, bardoshli boʻl,
Sabrli kishining sevinchi oldida.
Kishi sabr qilsa, buzilgan ishini toʻgʻrilaydi.
Kishi sabr qilsa, oʻz tilagini topadi,
Sabr qilib turguvchi oq qushni tutadi[30]. - Qizil til seni qisqa yoshli qiladi,
Eson bulay desang, sen uni mahkam bogʻla[31].
S
[tahrirlash]- Soʻzingga ehtiyot boʻl, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot boʻl, tishing sinmasin[32]. - Soʻzni soʻzlamasa, u sof oltinga teng,
U tildan chiqarilsa, sariq chaqaga teng[33].
T
[tahrirlash]- Tamoqqa ehtiyot boʻlinsa, umrga foydalidir,
Ovqatni oz yeyilsa, bu ogʻizga lazzatlidur[34]. - Toʻgʻri soʻz dagʻaldir, uni singdirgin,
Ertaga manfaati tegadir, seni suyuntiradi[11].
U
[tahrirlash]- Uyatli kishi odamlarning sarasidir,
Uyatsiz kishi – odamlarning tubani.
Uyatsiz tili toʻgʻri soʻz soʻzlamaydi.
Uyatsiz kishidan yiroq tur, yiroq,
Uyatsizning koʻzi qattiq boʻladi.
Or-nomussiz kishining yuzi goʻshtsiz soʻngakdir,
Or-nomussiz kishining oʻzi bitmas marazdir[21].
X
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]- Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa,
Oʻlim kelib tutmaguncha oʻzgarmaydi[36]. - Yolgʻon kishining obroʻsini toʻkadi, hazil-mazax ham kishini shunga oʻxshash beizzat qiladi[1].
- Yomondan oshna tutma, zinhor yiroq tur,
Yomon doʻst seni yoʻldan ozdiradi.
Oʻzing ezgu otli boʻlayin desang,
Yomonga qoʻshilma, hushyor boʻl, oʻyla[7]. - Yotni ezgu tutsa, er koʻzi yorishadi.
Musofirni ezgu tutsa, ovozasi yorishadi[37]. - Yotni yorlaqagin va yemish bergin,
Musofirni ezgu tutgin, ey bilagʻon dono[38]. - Yoru doʻstlarning koʻnglini sindirma, yukini koʻtar,
Kishi koʻngli yupqa shisha misoldir,
Uni ehtiyot qil, qoʻzgʻatma, sinadi.
Kishining koʻngli qolsa, halovat ketadi,
Yaqinlik uziladi, foyda yiroqlashadi.
Yaqinlik istasang, koʻngil olgin, koʻngil Koʻngil sinsa, yaqinlik ketadi[39].
Z
[tahrirlash]- Zakovat koʻrki soʻzdur, bu tilning koʻrki soʻzdir,
Kishining koʻrki yuzdur, bu yuzning koʻrki koʻzdir[40]. - Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi[13].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻzing birodar koʻnglini bilmoq istasang,
Soʻz bilan gʻazabini keltir va qovogʻingni sol.
Seni sevishi, sevmasligini bilayin desang,
Sevimliroq narsasini soʻra, darhol tushuniladi.
U bu ikki narsaga qovogʻini solmasa,
Ushbu kishini jon bilan teng tutish kerak[41]. - Oʻzing qaysi ishni qilmoqchi boʻlsang,
Avval soʻzing, koʻngling bilan kengashgin[42]. - Oʻgʻil-qiz kichikligida nimani oʻrgansa,
To qarib oʻlmaguncha unutmaydi[43].
Sh
[tahrirlash]- Sharm-hayo hamma yaramas ishlardan tiyadi,
Uyatsizlik kishi uchun juda yaramas illatdir.
Rostlik, sharmu hayo hamda goʻzal xulq,
Uchalasi biriksa, bu sevinch demakdir.
Yana biri – soflik va rostfeʼllik, boʻlar,
Ikki olamda kishini baxtiyor qiladi[44].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 187.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 167.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 18.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 176.
- ↑ 6,0 6,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 10.
- ↑ 7,0 7,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 107.
- ↑ 8,0 8,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 166.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 6.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 104.
- ↑ 11,0 11,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 210.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 52.
- ↑ 13,0 13,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 12.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 7.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 194.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 14.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 136.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 37.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 103.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 119.
- ↑ 21,0 21,1 Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 102.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 215.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 109.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 209.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 19.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 105.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 130.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 191.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 137.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 184.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 113.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 124.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 174.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 2.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 8.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 1343.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 134.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 127.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 117.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 87.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 203.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 26.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 101.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- H. Xomidiy; M. Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: "Sharq" nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.