Fan
Vikiiqtibos dan
Fan, keng ma'noda, tizimlashtirilgan obyektiv bilim to'plamidir.
[tahrirlash] Iqtiboslar
- Buyuk nazariyalar keng miqyoslidir; xatolar bizni dogmatizm va tornazarlikka tortadi. (Stephen Jay Gould)
- Irratsional qo'llanuvchi haqiqatlar aqlli xatolardan zararliroq bo'lishi mumkin. (Thomas Henry Huxley)
- Fanning buyuk fojeasi - go'zal gipotezani xunuk fakt bilan o'ldirishdir. (Stephen Jay Gould)
- Fan voqe'lik nazmidir. (Richard Dawkins)
- Mendan so'rashadi, uchar likopchalarga ishonasizmi? Telepatiyaga-chi? — Qadimgi fazogirlarga-chi? — Bermud Uchburchagiga-chi? — O'limdan so'ng hayotga-chi?
- Yo'q, javob beraman men. Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, va yana yo'q.
- Yaqinda bir kishi, mening shu alfozdagi javoblarimdan g'azablanib, so'radi "Hech narsaga ishonmas ekansiz-da?"
- "Ishonaman", dedim men. "Dalillarga ishonaman. Betaraf kuzatuvchilar tomonidan tasdiqlangan kuzatuv, o'lchov va argumentlarga ishonaman. Qay darajada aql bovar hodisa bo'lmasin, agarda unga dalillar bo'lsa, ishonaman. Biroq, naqadar aql bovar qilinmas hodisa bo'lsa, shu qadar kuchli dalillar kerak." (Isaac Asimov)
- Biz kimmiz? Bu savolgan javob topish nafaqat fan vazifalaridan biri, balki eng bosh vazifasidir. (Erwin Schrodinger)
- Fan yoki fizika, yoki marka yig'ishdan iboratdir. (Ernest Rutherford)
- Informatikani komputerlar haqidagi fan, deyish, astronomiyani teleskoplar haqidagi fan, deyish bilan barobar. (Edsger Dijkstra)
- Fan juda ajoyib narsadir; agar biror kimsa u orqali pul topmoqchi bo'lmasa. (Albert Einstein)
- Fizika seks kabidir: albatta, uning praktik foydalari bor, lekin biz u bilan bu tufayli shug'ullanmaymiz. (Richard Feynman)
- Biz hayot sirini ochdik. (Francis Crick, DNK kashfiyoti haqida)
- Olim qanday inson? U tabiat eshigining kalit teshigidan boqib, nimalar bo'layotganini bilishga urinayotgan odamdir. (Jacques-Yves Cousteau)
- Je n'ai pas besoin de cette hypothèse. (Pierre-Simon Laplace; tarjimasi: Bu gipotezaga ehtiyoj yo'q; Napoleon'ning nega Quyosh tizimi modelida Xudoga o'rin berilmagani haqidagi savoliga javoban.)