Kontent qismiga oʻtish

Asrga tatigulik kun

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Asrga tatigulik kun – sovet-qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning ilk romani. Birinchi marta 1980-yilda „Noviy mir“ jurnalida rus tilida nashr etilgan. Asar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek tilida soʻnggi marta Asil Rashidov tarjimasi bilan 2018-yilda Yoshlar nashriyot uyida 10000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Baʼzi mahmadona olimlar faqat qogʻozga yozilgan narsani tarix deb hisoblashadi. Axir, qadim zamonlarda qanchadan-qancha voqealar yozib qoldirilmagan boʻlsa, unda nima qilish mumkin?..
  • Boyligingni olib qoʻyishsa oʻlmaysan – bir amallab kun koʻrib ketaverasan. Ammo koʻngil shishasi sinsa – uni hech narsa bilan butlab boʻlmaydi.
  • Qurʼon ham, undagi aynan takrorlanuvchi soʻzlar ham odam behudaga zorlanmasin, oʻziga tasalli bersin, deb azal-azaldan oʻqib kelinadi.
  • Ota-ona bolani koʻp yashaydi, umri uzoq boʻladi, hatto tasavvur etib boʻlmas darajada cheksiz umr koʻradi, degan niyatda tugʻilishini kutadilar, aks holda odamlar azob chekib bola koʻrisharmidi?!