Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Daftar hoshiyasidagi bitiklar | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
„Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ — Oʻtkir Hoshimov muallifligidagi asar.
A
[tahrirlash]- Ayol kishini baxtli qilish oson, lekin qimmat!
- Ayol kuchli. Uning makri 40 tuyaga yuk boʻladi. Erkak kuchli. Chunki u 40 tuyaning yukini yelkasida koʻtarib chopqillab ketadi.
- Ayol qalbi teskari magnitga oʻxshaydi: yaqinlashsang uzoqlashadi, uzoqlashsang yaqinlashadi.
B
[tahrirlash]- Bandasidan uyalmagan odamning Xudodan qoʻrqishiga ishonish qiyin.
- Baxtli odam xudbin boʻladi, baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin boʻladi, baxtlilarga gʻayrilik qiladi.
D
[tahrirlash]- Daraxt bir joyda koʻkaradi, deyishadi. Toʻppa-toʻgʻri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!
Daraxtning meva tugishga shay turgan qanchadan qancha gullarini bemavrid shamollar uchirib ketgani singari umrimning qanchadan qancha onlari hasadgoʻy va munofiqlar yetkazgan jarohatlardan ogʻrinish-u turmush ikir-chikirlarini oʻylash bilan besamar oʻtayotganiga oʻkinaman...[1]
Darvin taʼlimoti notoʻgʻri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyogʻi yerdan uzilmaganlar odam boʻlib qolgan. Oyogʻi yerdan uzilganlar esa maymun boʻlib daraxtga chiqib ketgan... Bu jarayon hamon davom etmoqda...
- Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha koʻp daʼvo qilsa, shuncha nodon boʻladi!
Dunyoda eng aqlli jonivor — baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi![1]
H
[tahrirlash]Hamma narsani bilaman, deydigan odam hech nimani bilmaydi![1]
- Haqiqatni mayib qilish mumkin, ammo oʻldirib boʻlmaydi!
- Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi. Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan shoir chiqadi.
- Hech qachon osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzinga qaytib tushadi!
I
[tahrirlash]- Ikkita eng xolis hakam — kitobxon va vaqt sinovidan oʻtgan asar haqiqiy asardir.
- Inson shu qadar buyukki, uning fazilatlarini oʻlchash dunyodagi eng baland togʻning eng baland choʻqqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki, illatlarini oʻlchash dunyodagi eng baland togʻning eng baland choʻqqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng.
- It tumshugʻini suqqani bilan daryo xarom boʻlib qolmaydi. Nomard tosh otgani bilan togʻ qulab tushmaydi...
K
[tahrirlash]Kiyik och qolmaslik uchun koʻkat yeydi. Ammo bir-birini oʻldirmaydi. Sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o'ldirmaydi. Odam koʻkatni ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Koʻngil xushi uchun shemi ham oʻldiradi... Keyin... urush qilib, bir-birining boshini yeydi...[1]
- Kulishni bilmaydigan odam — baxtsiz odam. Yigʻlashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!
M
[tahrirlash]- Mehrga bemehrlik bilan javob qaytarish insonning abadiy kasalligidir.
Q
[tahrirlash]- Qancha koʻp tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq, odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush koʻradi, ona tilida yigʻlaydi...Oʻlimi oldidan onasini ona tilida yoʻqlaydi...
S
[tahrirlash]- Sopol tovogʻingiz sinsa, dod soling: kesakka aylanadi. Tilla idishingiz sinsa, parvo qilmang: bahosi tushmaydi.
T
[tahrirlash]- Tarix takrorlanib turadi degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan koʻrinyapti: kitob oʻqiydiganlar kamayib boryapti....
- Tangri shunaqangi qudratliki, xohlasa, gulshanning qoq oʻrtasidan sassiq alaf oʻstiradi. Xohlasa, botqoqning qoq oʻrtasida nilufarni gullatib qoʻyadi...
Telbalarga taʼzim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi![2]
U
[tahrirlash]- Uyingda shunday koʻzgu borki, sen unga har kuni qaraysan. Har qaraganda oʻz fazilatingni ham, nuqsonlaringni ham koʻrasan. Bu koʻzgu – farzanding!
X
[tahrirlash]- Xudbinning shiori: „Dunyoga oʻt ketsa- ketsin, olovida mening shoʻrvam pishsin“
Xudo yozganini bandasi oʻchirolmaydi.
Xudo berganini bandasi tortib ololmaydi[2]
Y
[tahrirlash]- Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi koʻrinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir...
- Yaxshiyamki Olloh oftobni bagʻri keng qilib yaratgan. Boʻlmasa yer yuzidagi odamlarning illatlarini har kuni koʻraverib, allaqachon soʻnib qolgan boʻlarmidi...
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Hoshimov 2022, s. 5.
- ↑ 2,0 2,1 Hoshimov 2022, s. 4.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hoshimov, Oʻtkir. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Toshkent: „Nurli dunyo“ nashriyot uyi, 2022 — 192-bet. ISBN 978-9943-8879-4-7.