Kontent qismiga oʻtish

Durbek

Vikiiqtibosdan olingan
Durbek
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi XIV
Vafoti XV
Qardosh loyihalar


Durbek (XIV asr oxiri – Balx – XV asr boshi) – Temuriylar davri oʻzbek shoiri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Gul tilagan xor jafosin chekar,
    Kimki asal olsa, arisi tegar[1].
  • Ishqki jon mulkida sulton erur,
    Shoh-u gado anga chuyakson erur[2].
  • Ishq oʻti har yerdaki ursa alam,
    Bilki qilur jumla vujudni adam.
    Ishq jon mulkida sulton erur,
    Shoh-u gado anga chu yakson erur.
  • Oqibatulamr boʻlur haq zuhur,
    Mehnat utub boʻlgusi fasli surur.
  • Sabr bila banda topar komi dil,
    Komi dil istar esang, sen sabr qil.
  • Sabr bila topqasen oxir murod,
    Gʻam yegan odam boʻlur, albatta shod.
  • Charxi falak necha menga qilsa jabr,
    Men qilayin ushbu balo ichra sabr.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.