Gʻiybat
| Gʻiybat | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Gʻiybat (arabcha: الغيبة) – islomda taʼriflangan salbiy atama. Odatda Islomda katta gunoh sanalib, Qurʼonda oʻlgan birodarning goʻshtini yeyish kabi jirkanch ish bilan qiyoslanadi.
A
[tahrirlash]Agar biror kishini gʻiybat qilganimda ota-onamni gʻiybat qilgan boʻlardim. Chunki ular mening hasanotlarimga boshqalardan koʻra haqliroqdirlar[1].
Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu gʻiybat boʻladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilish gʻiybat boʻlsa-yu oʻzidan gapirsangiz, qanday boʻlarkin?[2]
B
[tahrirlash]Boʻshamasa tili gʻiybatdan,
Boʻshamaydi dil uqubatdan[3].
D
[tahrirlash]Donolar aytadilar:
— Biror kishi oldingga kelib, birov haqida gʻiybat gaplarni gapirsa, unday odamning gaplariga ishonma, chunki u seni ham birovga yomonlab, ustingdan gʻiybat qilishi mumkin![4]
E
[tahrirlash]Ey gʻiybatchi, doʻstlaringga dunyoing bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan oʻrningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan oʻrningda maqtalmaysan[2].
M
[tahrirlash]Men roʻzadorman, deysan-u ammo oʻzing boʻlsa, birodaring goʻshtini yeysan (yaʼni, gʻiybatlar va xoʻrliklardan soʻzlaysan)[5].
P
[tahrirlash]Paygʻambarlarning kitoblarida oʻqidim. Kim gʻiybatdan tavba qilib oʻlsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri boʻladi. Kim gʻiybatni davom ettirib oʻlsa, u doʻzaxga kiruvchilarning birinchisi boʻladi[2].
U
[tahrirlash]Uch narsa majlisda boʻlsa, rahmat ketadi: birinchisi — dunyoni zikr qilish, ikkinchisi — kulgu, uchinchisi — odamlarni gʻiybat qilish
Y
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]Gʻ
[tahrirlash]Gʻiybatni tashlashim menga dunyo va u yaralganidan toki yoʻq boʻlgunicha uchragan narsalar meniki boʻlishidan yaxshiroqdir[6][2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 190.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Tursun 2006, s. 188.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Tursun 2006, s. 184.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 188.
- ↑ Tursun 2006, s. 187.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 187.
- ↑ Tursun 2006, s. 186.
- ↑ Tursun 2006, s. 185.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.