Kontent qismiga oʻtish

Gʻolib

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Gʻolib — 2019-yilda rejissyor Vamshi Paidipally hamda Shri Venkatesvara Creations, Vyjayanthi Movies va PVP Cinema tomonidan telugu tilida ishlab chiqarilgan hind drama filmi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Pul juda gʻalati narsa. U hech nima, shuning bilan birga u hamma narsa. Pul ortidan quvganimizda u bizdan koʻra tezroq yuguradi. Pul haqida oʻylamasdan yugurganimizda esa pulning oʻzi ortimizdan yuguradi.
  • Muvaffaqiyatning taʼrifi yoʻq. Muvaffaqiyatga erishdach uning timsoliga aylanasiz.
  • Geografiya fani dunyo quyosh atrofida aylanishini taʼkidlaydi. Lekin aslida butun dunyo muvaffaqiyat atrofida aylanadi.
  • Koʻpchilik talabalar muvaffaqiyatsizlik soʻzidan qoʻrqishadi. Lekin muvaffaqiyatsizlik zafarga eltuvchi ilk qadamdir.
  • Muvaffaqiyatning poyoni yoʻq. Faqat oraliq masofalar mavjud.
  • Muvaffaqiyat — bu maqsad emas. Muvaffaqiyat — bu sayohat.
  • Bu dunyoda faqat tezkorlarnigina eslab qolishadi. Shunday ekan, men ham tezlikni tanlayman.
  • Yaponiyalik 20 yoshli bola qandaydir dastur yaratibdi. Amerika kompaniyasi esa uni yarim miliard evaziga sotib olibdi. Dunyo taraqqiy etayotgan bir paytda biz qahva yoki koʻk choy ichib oʻtiraveramiz.
  • Nima uchun koʻplab talabalar imtihondan oʻtolmaganini bilishni istaysanmi? Oʻzlarining kuchli taraflarini topish oʻrniga, ular boshqalarning kuchidan qoʻrqishadi. Ular koʻproq boshqalar haqida oʻylashadi. Boshqalar haqidagi oʻy-fikrlar ularni oqibatda magʻlubiyatga yetaklaydi. U yerda har bir talaba oʻz hayotining qahramonidir. Hammaning oʻz kuchi mavjud. Menda oʻz kuchim, senda ham oʻz kuching bor. Oʻzingga boʻlgan ishonch sening kuchingdir. Oʻz fikringda qatʼiy tur, shunda gʻalabaning oʻzi kelib oyoqlaringga yiqiladi.
  • Otaning oʻgli hammadan zoʻr boʻlishini istashi yaxshi, albatta. Lekin buning uchun kimnidir yoʻlini toʻsish toʻgʻri emas.
  • Agar oʻyinni magʻlub boʻlishdan qoʻrqib boshlasang, hech qachon gʻolib boʻlolmaysan.
  • Rishi, shu paytgacha oʻzing istagan ishni qilding. Endi qalbingga quloq sol. Shunda albatta gʻalaba qozonasan.
  • Muxbir:
    — Rishi Kumar Anxirapradesh shtatiga 6 ming krok mablagʻ sarflash uchun kelgan.
    Tasvirchi:
    — Nega bunday deyapsan oshna?
    Muxbir:
    — Yangiliklarda bilgan maʼlumotimizni aytamiz. Tezkor yangiliklarda esa bilmagan xabarlarni ham. 6 ming krok sarflash uchun kelgan deyaveramiz. Agar mablagʻ sarflasa bu haqda birinchilardan aytgan boʻlamiz. Sarflamasa u haqda ham yozamiz. Tushundingmi?
  • Hindiston qishloq xoʻjaligi vaziri:
    Afsuski koʻpchilik xato fikrlaydi. Asosiy kuch siyosatchilar qoʻlida deb oʻylashadi. Biroq bunday emas. Siyosatchilar Hindistonni boshqarishmaydi. Hindistonni korparatsiyalar boshqarmoqda. Davlat hududida topilgan tabiiy boyliklar boshqa mamlakatlarga olib ketilishiga jimgina qarab turaveramiz. Ilojsiz ahvoldamiz.
  • 70 yildan beri dehqonchilik qilaman. Bir paytlar fermerlar qirollardek yashardi. Hozir esa uning qadr-qimmati ham qolmagan. Oilada qiz bola yigʻlasa yaxshi emas deyishadi. Fermer koʻz yosh toʻkkan davlat obod boʻlarmikan?
  • Yer yuzidagi jamiki tiriklik qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq. Nonushtaga murabboli non yeyuvchi miliaderdan tortib, guruchli boʻtqa yeyuvchi kambagʻalgacha. Yashash uchun oziq-ovqat kerak boʻlgan har bir kishining qishloq xoʻjaligiga aloqasi bor.
  • Qishloq xoʻjaligi shunchaki mehnat maydoni emas. U inson va zamin oʻrtasidagi goʻzal munosabatdir. Hatto olimlar ham toʻliq anglab yetolmagan oʻziga xos ilmdir.
  • Oziq-ovqat yetishtirayotgan odamlarning soni kamaymoqda. Isteʼmolchilarning soni esa ortmoqda. Shu sababli bozorlarda mahsulotlar narxi oshishi barobarida soxta mahsulotlar hajmi ham ortmoqda. Agar shu ketishda davom etaversa farzandlaringiz uchun jamgʻarib qoʻygan mablagʻlaringiz shifoxona hisoblarini toʻlashdan ortmaydi.
  • Yer narxi oshyapti. Fermerning qadri esa tushib boryapti. Yer narxi oshiyotgandan foydalanib yangi imoratlar quraversak, yashash uchun nima yeymiz?!
  • Hukumat kim oʻzi? U biz emasmizmi?