Lev Tolstoy
| Lev Tolstoy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
28 avgust (9-sentyabr) 1828 Yasnaya Polyana |
| Vafoti |
7 (20) noyabr 1910 Astapovo |
| Qardosh loyihalar | |
Lev Nikolayevich Tolstoy (ruscha: Лев Николаевич Толстой; 1828-yil 28-avgust — 1910-yil 7-noyabr) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.
A
[tahrirlash]Aforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir[1].
Афоризмы — едва ли не лучшая форма для изложения философских суждений[2].
Agar odamlar senga halaqit bersalar, u holda sen uchun yashashning maʼnosi qolmaydi. Odamlardan uzoqlashish esa oʻz-oʻzini oʻldirish bilan teng[3].
Если тебе мешают люди, то тебе жить незачем. Уходитъ от людей — это самоубийство[4].
Aksari hollarda yoshlarning: men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. Oʻylab koʻrilganlarni oʻylab oʻtirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olgʻa ketaver. Insoniyatning qudrati shunda[5].
Часто слышишь, что молодежь говорит: я не хочу жить чужим умом, я сам обдумаю. Зачем же тебе обдумывать обдуманное? Бери готовое и иди дальше. В этом сила человечества[6].
B
[tahrirlash]- Baxt-saodatni ehtiroslardan emas, oʻz qalbingizdan qidiring. Baxtning manbai tashqarida emas, ichimizdadir[7].
Bizda minglab yillar davomida milliard-milliard odamlar orasidan yetishib chiqqan buyuk donishmandlar tafakkurining shunday asl mevalari mavjudki, bu buyuk insonlarning aql durdonalari vaqt sinoviga chidash berib, gʻalvirdan oʻtib kelmoqda. Oʻrtamiyona narsalarning bari itqitib tashlanib, faqat oʻziga xos, teran, zarur narsalargina qolgan...[8]
У нас есть результаты мыслей величайших мыслителей, выделившихся в продолжение тысячелетий из миллиардов и миллиардов людей, и эти результаты мышления этих великих людей просеяны через решето и сито времени. Отброшено все посредственное, осталось одно самобытное, глубокое, нужное...[9]
Boshqa odamlardan oʻzini ayirgan odam oʻz baxtiga zomin boʻladi, chunki oʻzini qanchalik ayirsa, hayoti shunchalik yomonlashadi[10].
Человек, отделяющий себя от других людей, лишает себя счастья, потому что чем больше он отделяет себя, тем хуже его жизнь[11].
E
[tahrirlash]Ezgu ish mashaqqat mahsuli, lekin bu bir necha bor takrorlansa koʻnikmaga aylanadi[12].
Доброе дело совершается с усилием, но когда усилие повторено несколько раз, то то же дело становится привычкой[13].
H
[tahrirlash]- Hamma dunyoni oʻzgartirish haqida oʻylaydi, lekin hech kim oʻzini oʻzgartirishni oʻylamaydi[14].
Hamma vaqt boshqa odamlardan yomon jihatlarni emas, yaxshi jihatlarni qidir[15].
Ищи в других людях всегда хорошую сторону, а не дурную[16].
Har qanday kishi ham odamlardan oʻzini ajratadigan emas, balki ularga bogʻlaydigan ishlarni qilish zarurligini biladi[10].
Всякий человек знает, что ему нужно делать не то, что разъединяет его с людьми, а то, что соединяет его с ними[11].
Hayotimizning abadiy va oliy maqsadi — ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning oʻzi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas[17].
Добро есть вечная, высшая цель нашей жизни. Как бы мы ни понимали добро, жизнь наша есть не что иное, как стремление к добру[18].
Hech qachon oʻzing qilishing mumkin boʻlgan ishni birovga yuklab, uni tashvishga qoʻyma[19].
Никогда не беспокой другого тем, что ты можешь сам сделать[20].
Hikmatli soʻz kitoblari aqlning mustaqil faoliyatiga nafaqat tazyiq oʻtkazadi, aksincha, mustaqil faoliyatga chorlaydi[21].
Книги изречений не только не подавляют самостоятельной деятельности ума, но, напротив, вызывают ее[6].
I
[tahrirlash]Idroklilik va axloqiylik hamisha bir-biriga muvofiq keladi[22].
Разумное и нравственное всегда совпадают[23].
Insonni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilib boʻlmaydi[22].
Человек немыслим вне общества[24].
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur boʻlsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging boʻlsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham[17].
Доброта для души то же, что здоровье для тела: она незаметна, когда владеешь ею, и она дает успех во всяком деле[18].
K
[tahrirlash]- Koʻpincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda boʻladi. Xuddi koʻzimizda turgan koʻzoynakni koʻpincha qidirganimiz kabi[14].
L
[tahrirlash]Loʻnda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni oʻzicha oʻylashga majbur etadi[5].
Короткие мысли тем хороши, что они заставляют серьезного читателя самого думать[6].
M
[tahrirlash]- Muhammad alayhissalomdan boshqa hech kim dushmanlarining hurmatiga sazovor boʻlgan emas. U zot koʻplab dushmanlarini Islomga kiritishga musharraf boʻlgan[14].
O
[tahrirlash]Odamlar bilan muomalada boʻlib, oʻz foydangni emas, oʻsha odamlarning foydasini oʻyla, oʻzing haqingda oʻzing emas, sen haqingda ular nima fikr yuritishini oʻyla[19].
Сходясь с людьми, думай не о своей выгоде, а выгоде того, с кем сходишься, и не о том, как ты будешь судить о себе, а как он будет судить о тебе[20].
Odamlarga muhabbating boʻlmasa, jim yuraver! Oʻz ishing bilan, buyumlar bilan, istagan narsang bilan shugʻullangin-u, faqat odamlar bilan emas. Ishtaha boridagina ovqatlanish ziyonsiz va foydali boʻlgani kabi sevgan paytingdagina odamlar bilan munosabatda boʻlish foydali va ziyonsizdir...
S
[tahrirlash]Sotsialistik vatanga muhabbat — internatsionalizm sari bosqichdir[25].
Любовь к социалистической родине — ступень к интернационализму[26].
V
[tahrirlash]Vatanga muhabbat mavhum tushuncha boʻlmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir[27].
Любовь к родине — не отвлеченное понятие, но реальная душевная сила, требующая организации, развития и культуры[28].
Vatan nima demak? Bu, oʻzining tarixiy harakatini mazkur maydonda kamolga yetkazadigan bus-butun xalqdir. Bu, xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagidir. Bu, uning rang-barang madaniyati, tili, xarakteri, bu, u tomondan amalga oshirilgan inqilobiy maqsad, tarixiy oʻzgarishlar va uning tarixidagi muhim bosqichlaridir[29].
Что такое родина? Это — весь народ, совершающий на данной площади свое историческое движение. Это — прошлое народа, настоящее и будущее. Это — его своеобразная культура, его язык, его характер, это — цель совершаемых им революций, исторических скачков, узлов его истории[30].
Vatanparvarlik — yolgʻiz oʻz vataniga mehr qoʻyishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan oʻzini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir[31].
Патриотизм — это не значит толька одна любовь к своей родине. Это гораздо больше... Это — сознание своей неотъемлемости от родины и неотъемлемое переживание вместе с ней ее счастливых и ее несчастных дней[32].
Y
[tahrirlash]Yasama ezgulikdan yomoni yoʻq. Oshkora yomonlikdan koʻra odam yasama ezgulikdan koʻproq nafratlanadi[33].
Нет ничего хуже притворной доброты. Притворство доброты отталкивает больше, чем откровенная злоба[13].
Yerdan sugʻurib olinib, qumli sahroga tashlangan giyoh halok boʻlganidek, shaxs baxti ham jamiyatdan tashqarida boʻlmaydi[3].
Счастье личности вне общества невозможно, как невозможна жизнь растения, выдернутого из земли и брошенного на бесплодный песок[4].
Yoʻqlik qaʼriga ketgan xalqlar va taraqqiyotdan qolgan yagona meros — ehtimol insonparvarlikdir, bu demak — kitoblar, xalq naqllari, marmar obidalar va meʼmorchilik yodgorliklaridir[17].
Гуманизм — это то единственное, что, наверное, осталось от ушедших в небытие народов и цивилизаций, — книги, народные сказания, мрамор изваяний, архитектурные пропорции[18].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻzidan qoniqmaslik dono kishi hayotining zarur shartidir. Faqat shu qoniqmaslikkina kishini oʻz ustida ishlashga undaydi[34].
Недовольство собою есть необходимое условие разумной жизни. Только это недовольство побуждает к работе над собою[35].
Oʻzimni yomon ishdan tiyishga qurbim yetmaydi, deyish — odam oʻzini odam emas, hatta hayvon ham emas, balki buyum, deb tan olishi bilan barobardir[36].
Сказать, что я не могу сделать усилие для того, чтобы воздержаться от дурного поступка, — все равно, что признать себя не человеком, даже не животным, а вещью[37].
Gʻ
[tahrirlash]Усилие есть необходимое условие нравственного совершенствования[37].
Sh
[tahrirlash]Shaxsiyatparastlik yoki oʻzicha jamiyatdan ayrilib qolish, bizning tasavvurimizcha, oʻz-oʻzini oʻldirishdek bemaʼnilikdir[3].
Индивидуализм или мнимый отрыв от общества так же нелеп в нашем представлении, как самоубийство[4].
- Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng maʼnoda qoʻllash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik koʻpchilikka mos shaklda ifodalangan boʻlsa, aql va yurakka shunchalik koʻp oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar boʻlib chiqadi[1].
Yana qarang
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 9.
- ↑ Воронцов 1977, s. 13.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Voronsov 1989, s. 31.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Воронцов 1977, s. 43.
- ↑ 5,0 5,1 Voronsov 1989, s. 11.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Воронцов 1977, s. 15.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Voronsov 1989, s. 6.
- ↑ Воронцов 1977, s. 10.
- ↑ 10,0 10,1 Voronsov 1989, s. 32.
- ↑ 11,0 11,1 Воронцов 1977, s. 45.
- ↑ Voronsov 1989, s. 43.
- ↑ 13,0 13,1 Воронцов 1977, s. 60.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ Voronsov 1989, s. 39.
- ↑ Воронцов 1977, s. 54.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Voronsov 1989, s. 41.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Воронцов 1977, s. 57.
- ↑ 19,0 19,1 Voronsov 1989, s. 40.
- ↑ 20,0 20,1 Воронцов 1977, s. 56.
- ↑ Voronsov 1989, ss. 10–11.
- ↑ 22,0 22,1 Voronsov 1989, s. 29.
- ↑ Воронцов 1977, s. 40.
- ↑ Воронцов 1977, s. 41.
- ↑ Voronsov 1989, s. 24.
- ↑ Воронцов 1977, s. 33.
- ↑ Voronsov 1989, s. 19.
- ↑ Воронцов 1977, s. 26.
- ↑ Voronsov 1989, ss. 16–17.
- ↑ Воронцов 1977, s. 23.
- ↑ Voronsov 1989, s. 18.
- ↑ Воронцов 1977, s. 25.
- ↑ Voronsov 1989, s. 44.
- ↑ Voronsov 1989, s. 35.
- ↑ Воронцов 1977, s. 49.
- ↑ 36,0 36,1 Voronsov 1989, s. 36.
- ↑ 37,0 37,1 Воронцов 1977, s. 50.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. - Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.
