Kontent qismiga oʻtish

Muhammad

Vikiiqtibosdan olingan
(Muhammad paygʻambardan yoʻnaltirildi)
Muhammad
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Muhammad (arab. مُحَمَّد‎‎‎; 570–632-yillar) – arab diniy, ijtimoiy va siyosiy yetakchisi hamda islom dinining asoschisi. Islom taʼlimotiga koʻra, u paygʻambar boʻlib, Odam ato, Ibrohim, Muso, Iso va boshqa paygʻambarlarning tavhid taʼlimotlarini targʻib qilish va tasdiqlash uchun yuborilgan.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Faqat uch amalgina inson bilan oxirat manziliga hamroh boʻlib boradi. Birinchisi joriy sadaqa deyiladi va masjid qurish va xonaqoh, madrasa solish, mevali daraxt ekish, quduq qazish va koʻprik solishdan iborat. Ikkinchisi xalqqa naf keltiradigan ishlar qilish. Uchinchisi solih farzand tarbiya qilish[1].
  • Ikki kishining birga oʻtirib qilgan suhbatidagi gaplari omonatdur. Suhbatdoshining sirini fosh qilish haromdir[1].
  • Ilm ibodatdan afzal[1].
  • Ilmni yozib qoʻyish bilan bogʻlab olinglar[1].
  • Ilm oʻrganish har bir musulmon uchun farzdir[1].
  • Kasbning eng yaxshisi kishining oʻz qoʻli bilan bajarilgan ishi va halol savodidir[1]
  • Kimiki odamlar orasini buzib yuruvchi boʻlsa, u ham ahli islomdan emas[1].
  • Kimiki koʻzi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan boʻlsa, uning jannatga kirishi muqarrardir[1].
  • Kimiki shoshilmay, sabr, qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi toʻgʻri chiqadi[1].
  • Kimiki oʻz jahl-u gʻazabini qaytarsa, Alloh taolo undan oʻz azobini qaytaradi[1].
  • Kimki gʻayridinni haqorat qilsa, qiyomat kuni oʻtdan yasalgan qamchi bilan uriladi[1].
  • Kishidagi eng yomon xislat oʻta baxillikdir[1]
  • Kishining bemaʼni gaplardan tilini tiyishi – uning musulmonligi naqadar chiroyli ekanligidan darak beradi[1].
  • Kishining saxovati uning dinidir. Muruvvati aqli, nasabi esa xulqidir[1].
  • Mehmondoʻst boʻlmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi[1].
  • Munofiqlikning belgisi uchtadir: yolgʻon soʻzlash, vaʼdasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish[1].
  • Musulmoni komil boʻlishingiz uchun bir-biringizga muhabbat qoʻyishingiz shart. Oʻrtalaringizda muhabbat paydo boʻlishligʻ uchun salomni oshkoro beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguchidir, yaʼni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi[1].
  • Musulmon odamning eng yaxshisi xushxulqlisidur[1]
  • Moʻmin kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi[1].
  • Moʻmin kishida quyidagi ikki xislat boʻlmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik[1].
  • Moʻmin kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir[1].
  • Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi[1].
  • Odamlarga keng qalbli boʻlinglar[1].
  • Odamlarga taom yediringlar va shirinsoʻz boʻlinglar[1].
  • Odamlarning eng yomoni oʻz ahli ayoliga baxillik va qizgʻonchiqlik qiladiganidir[1].
  • Odamlar orasida chaqimchilik va boʻhton gaplarni tarqatishdan saqlaning[1].
  • Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yoʻq, ahdida turmaydiganlarda diyonat yoʻq[1].
  • Otaga itoat – Allohga itoat qilishdir[1].
  • Rostgoʻylikda xavf-u xatar koʻrsanglar ham, rost soʻzlanglar[1].
  • Uylariga mehmon qoʻnmaydigan kishilar eng yomon odamlardir[1].
  • Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi[1].
  • Yaxshilikning eng ulugʻi – otasi vafotidan soʻng ham uning doʻstlari bilan aloqani uzmaslikdir[1].
  • Yonida qoʻshnisi turib, faqat oʻz qornini toʻygʻazib yuradigan odam moʻmini komil emasdir[1].
  • Yov tomondan biron kishi oʻz joniga omonlik tilab kelsa, uni oʻldirmangiz[1].

Muhammad paygʻambar haqida

[tahrirlash]
  •  

Butun dunyo islomni toʻliq qabul qiladi. Kun keladi, Gʻarb islom dinini qabul qiladi, chunki asrlar oʻtdi. Gʻarb esa Islom haqidagi ertaklarga toʻla kitoblarni oʻqidi. Muhammad haqida kitob yozdim, lekin u ingliz anʼanalaridan tashqariga chiqqani uchun musodara qilindi. Men Muhammadning dinini yuksak darajada hayotiyligi tufayli doimo qadrlaganman. Bu, menimcha, mavjudlikning oʻzgaruvchan bosqichiga mos ravishda assimilyatsiya qilish kuchiga ega boʻlgan va har bir asrga oʻzini jalb qila oladigan yagona dindir. Men uni oʻrgandim va mening fikrimcha, uni Insoniyatning Najotkori deb atash kerak. Men ishonamanki, agar unga oʻxshagan odam zamonaviy dunyoning boshqaruvini oʻz zimmasiga olsa, uning muammolarini unga tinchlik va baxt keltiradigan tarzda hal qilishda muvaffaqiyat qozonadi. Men Muhammadning iymonini, bugungidek, ertaga ham Yevropaga maʼqul boʻlishini bashorat qilgandim. — The Genuine Islam, Vol. 1, No. 8, 1936.

  George Bernard Shaw

Manbalar

[tahrirlash]