Nasihat
Nasihat | |
![]() | |
![]() |
Nasihat (arab. نصيحة — samimiy maslahat, oʻgit; xayrixoxlik, samimiylik) — yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap; maslahat, pand, oʻgit.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]Ahmoqqa nasihat aylagan inson, | |
— Otalar soʻzi[1] |
Aqlli odam shunday odamki, birovdan nasihat eshitish oʻrniga oʻzi ibrat koʻzi bilan boqib bilib olaveradi. | |
— Otalar soʻzi[2] |
Azizim, dono odamning hushyorlari gʻaflat sharobidan mast boʻlgan yoshlarga nasihat va tanbeh jazosini berishlari munosib holdir. Bilim maydonining bedorlari esa axloq koʻchasidan adashgan bexabar kishilarga adab shapalogʻini urishlari loyiq ishdir. Haqiqat yuzasidan aytilgan haq gap goʻzallar yuzidan uyat terini oqizsa-da, shoyad ular shu tufayli oʻz obroʻ eʼtiborlari haqida mulohaza qilib, yomon feʼllaridan kechishar va yomon kishilarning suhbatidan qochishar. | |
— Xoja Samandar Termiziy |
B
[tahrirlash]Bilginki, dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, ammo nima demoqchi ekanini bilib qoʻymoq ravo. Uning aytganiga qarshi ish tutsang, toʻgʻri yoʻldan yurgan boʻlasan. Biror kimsaning doʻst yoki dushmanligini bilmoqchi boʻlsang, unga maslahat sol. Bergan maslahatining toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga qara, shundan xulosa chiqarib olasan![3]. | |
— Abulbarakot Qodiriy |
Bir hakim aytdi: „Yigʻilish yoki oʻtirishda baʼzi kimsalarga nasihat qilish toʻgʻri emas. Avvalo ul kishining feʼl-u atvorini hisobga olmoq zarur. Shunday kishilar boʻladiki, nasihat qilsang va aybidan ogoh qilsang, oʻz kamchiligini ogʻzingdan eshitib bilib oladi. Lekin rahmat aytish oʻrniga senga bir umr dushmanlik qilib yuradi!“[4]. | |
— Abulbarakot Qodiriy |
N
[tahrirlash]Nasihatchining kaltagi yomon salomidan afzal. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Nasihatning yaxshisi shundayki, u odamni yomonlikdan uzoqlashtiradi. | |
— Otalar soʻzi[6] |
Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi. | |
— Otalar soʻzi[7] |
Oʻ
[tahrirlash]Oʻrganishni istamagan kishiga nasihat qilma! | |
— Otalar soʻzi[1] |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 149.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 60.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 47.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 148.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 150.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 147.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 62.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.