Nodonlik
Qardosh loyihalar
Nodonlik — 1) bilimsizlik, ongi pastlik; johillik; 2) nodon kishilarga xos xatgi-harakat, ish; ahmoqlik.
Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bemaʼni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin.
— Saʼdiy Sheroziy
Aqlli boʻlsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan albatta yuz chaqirim uzoqlashadi.
— Majididdin Xavofiy
Bizning baxtsizligimiz – nodonligimizda, xolos. Millat uygʻonsin, koʻzini ochsin, oʻqisin, bilim olsin, madaniy millatlar qatoriga kirsin, soʻngra u ham oʻz davlati, oʻz baxti, oʻz saodatini quradi[ 5] .
— Abdulhamid Choʻlpon
Donishmand — baqqolning doʻkoniga oʻxshaydi: borini indamaygina koʻrsatadi-qoʻyadi, nodon esa lashkar nogʻorasining oʻzi: ovozi baland-u ichi boʻm-boʻsh va gʻarib.
— Saʼdiy Sheroziy
Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi.
— Otalar soʻzi
Nodonlik ovining oʻljasi hasrat, Nodonlik bahorin yomgʻiri kulfat.
— Bedil
Nodonning idroki – indamaslikda. Agar nodon buni tushunib yetsa, uning yarim dono boʻlgani shudir.
— Saʼdiy Sheroziy
Nodon odamdan aloqani uzish — aqlli odam bilan aloqa qilishga barobar.
— Otalar soʻzi
Ogʻir balodir kim boʻlsa nodon, Nodon uchun yoʻqdir dori-yu darmon!
— Otalar soʻzi
Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga koʻtariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yoʻl qoʻyib, pastlik sari qulaydi.
— Otalar soʻzi
Oʻzini bilimdon deydigan nodondan qoch.
— Qobus
Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni . Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5 .
Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari . Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.