Kontent qismiga oʻtish

Vaqt

Vikiiqtibosdan olingan
Vaqt

Qardosh loyihalar

Vaqt — yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va shu kabilar bilan oʻlchanadigan davomiyligi, shunday oʻlchov belgisiga ega boʻlgan obyektiv hodisa.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Abadiyat „hozir“lardan iborat[manba kerak].

  Emily Dickinson
  •  

Eng afzal yigʻi insonning behuda oʻtkazgan vaqtlariga achinib toʻkkan yoshlaridir[1].

  Ahmad Havoriy
  •  

Eng fazilatli ish — vaqtlarni maqsadga muvofiq sarflashdir[1].

  Abu Abdulloh Magʻribiy
  •  

Koʻrdimki, vaqtini „essiz“, „qaniydi“, „koshki“lar bilan oʻtkazgan kishining umri eng qisqa ekan[2].

  Najmiddin Kubro
  •  

Modomiki, begʻamlik va noshudlik koʻrsatilar ekan, qulay fursat qoʻldan berib qoʻyiladi. Vaqt oʻtgandan keyin afsuslanish bemaʼni va befoydadir[3].

  Muhammad Zohiriy Samarqandiy
  •  

Mol-u puling ketsa ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Nodonning vaqti foydasiz oʻtadi[5].

  Otalar soʻzi
  •  

Tun-u kunni oʻtkazaman-u, ammo bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq boʻlmayotir. Chunki zamona kundan-kunga halokat tomon bormoqda. Shunday ekan, kechagi kun bugungidan aʼloroq, bugungisi esa ertangidan yaxshiroqdir[6].

  Abulqosim az-Zamaxshariy
  •  

Vaqt — bu pul.[manba kerak] [1748]

  Benjamin Franklin
  •  

Vaqtni behuda oʻtkazmaslik oʻlimdan ham qattiq, chunki behuda yurgan odam Yaratuvchidan uziladi, oʻlgan odam esa xalqdan uziladi[1].

  Yahyo ibn Muoz
  •  

Vaqtni bekor oʻtkazish ahmoqlikdir[7].

  Otalar soʻzi
  •  

Vaqt keskir qilichdir, u hech narsaga qaramay shartta oʻtadi-ketadi. Sen esa voy-voylagancha qolaverasan[8].

  Qozi Ahmad Gʻafforiy
  •  

Vaqt pul sarfidir.[manba kerak] [1894]

  Oscar Wilde
  •  

Vaqt illuziyadir.[manba kerak]

  Albert Einstein
  •  

Vaqt men tarafimda, ha, shunday.[manba kerak]

  Mick Jagger
  •  

Oʻtib ketgan yilingdan top-chi bir kun,
Bugun qaytib kelurmu kechagi kun?![9]

  Xusrav Dehlaviy
  •  

Chiqgil vaqt zanjiridan,
Sevgi zanjiriga kir[manba kerak].

  Jaloliddin Rumiy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 121.
  2. Tursun 2006, s. 116.
  3. Tursun 2006, s. 119.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
  6. Tursun 2006, s. 123.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 222.
  8. Tursun 2006, s. 114.
  9. Tursun 2006, s. 117.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.