Kontent qismiga oʻtish

Jaloliddin Rumiy

Vikiiqtibosdan olingan
Jaloliddin Rumiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 30-sentyabr 1207
Vaxsh (qishloq)
Vafoti 17-dekabr 1273
Koʻniya
Qardosh loyihalar

Jaloliddin Rumiy (1207-yil 30-sentyabr — 1273-yil 17-dekabr) – dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy inson.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Ey, birov qasdiga choh qazgan inson,
    Oqibat oʻzingga qoʻyasan qopqon[1][10].
  • Ey inson, bu olamdagi junbush va dabdabaga aldanma! Uyquda koʻrgan tushingda vujuding qiyma-qiyma boʻlsa ham, qoʻrqma! Zero, bu dunyo bir uyqudan iboratdir[1][11].
  • Ey inson, qoʻllaringdagi zanjirlarni yech, hur boʻl! Tokay oltinning, zer-u zabarning asiri boʻlasan?![1][12]
  • Ey salomatlikni, tinch va rohatda umr kechirishni istagan odam, odobga xilof soʻzlashdan, magʻrurlik, takabburlikdan hazar qil. Hasad, igʻvodan qalbing pok boʻlsin[1][13].
  • Goʻzallarning yuzi koʻzguda goʻzal koʻrinadi, inʼom va ehsonning goʻzalligi esa faqir va gʻariblar ila bilinadi[1][14].
  • Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni oʻzgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun nafsimni oʻzgartirmoqchiman[16].
  • Kimki doʻstlikni xor aylabdi, uni qismat jazolagay — chiqib tutuni[1][17].
  • Kimsaki tark ayladi oʻz aslini,
    Qayta izlar roʻzgʻorin vaslini[1][18].
  • Kumushning tashqi koʻrinishi oppoq boʻlsa ham, qoʻlda va choʻntakda koʻp ushlansa, qora yuqtiradi. Shunga oʻxshash baʼzi odamlarning soʻzlari zohirida kumush kabi porloq va toza koʻrinsa ham, lekin qaygʻu va zarar keltiradi[1][19].
  • Koʻp xafa boʻlma! Shuni yaxshi bilki, qancha yigʻlasang shuncha kulasan... Hamma narsani tugadi deb ham oʻylama!.. Qancha sevsang shuncha sevilasan...
  • Insonlar kitob kabidir. Muqovasiga qarab aldanmang. Haqiqiy qiymatini oʻqishni boshlagach bilasiz[20].
  • Oltin ne uchun, jon ne uchun, inju marjon nedir? Bir sevgiga sarflanmasa, bir sevgiliga fido qilinmasa...[22]
  • Ona haqqiga diqqatli boʻl, uni boshingga koʻtar. Zero, onalar toʻlgʻoq mashaqqatini chekishni boʻyinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun yoʻl topolmas edilar[1].
  • Oqil doʻsti bor kishining oynaga ehtiyoji yoʻqdir[1][23].
  • Paygʻambarlar va ularning vorislari – avliyolar, yaʼni komil inson boʻlganlar bashariyat niqobi bilan oʻralgan quyoshlardir. Ularning himoyasida boʻlki, senga doim yomonlik qiladigan nafsingning qoʻlidan qutulasan[1][24].
  • Qanday boʻlsang, shunday koʻrin, qanday koʻrinsang, shunday boʻl[1][25].
  • Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi boʻlib, biri olgʻa, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi[1][26].
  • Umr ertangi kun orzusi bilan yashash, gʻofillik bilan janjal-suron qilish, joningni ayamay mehnat qilish bilan tugab boradi[1][28].
  • Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
    Gʻarb dunyo topdi, Allohdan kechib[1].
  • Shunday insonlarni koʻrdim ustida kiyimi yoʻq. Shunday kiyimlarni koʻrdim, ichida insoni yoʻq[20].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 167.
  3. Tursun 2006, s. 151.
  4. Tursun 2006, s. 128.
  5. Tursun 2006, s. 30.
  6. 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 152.
  7. Tursun 2006, s. 116.
  8. Tursun 2006, s. 166.
  9. Tursun 2006, s. 76.
  10. Tursun 2006, s. 109.
  11. Tursun 2006, s. 79.
  12. 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 78.
  13. Tursun 2006, s. 156.
  14. Tursun 2006, s. 98.
  15. Tursun 2006, s. 90.
  16. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  17. Tursun 2006, s. 164.
  18. Tursun 2006, s. 127.
  19. Tursun 2006, s. 124.
  20. 20,0 20,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  21. Tursun 2006, s. 25.
  22. Sema Marashli. Turmush oʻrtoʻgimning tengi yoʻq: hikoyalar. Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2021 — 176-bet. ISBN 978-9943-20-809-4. 
  23. Tursun 2006, s. 172.
  24. Tursun 2006, s. 130.
  25. Tursun 2006, s. 64.
  26. Tursun 2006, s. 31.
  27. Tursun 2006, s. 139.
  28. Tursun 2006, s. 115.
  29. Tursun 2006, s. 69.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]