Abu Nasr Farobiy
Qiyofa
(Al-Forobiydan yoʻnaltirildi)
Abu Nasr Farobiy | |
![]() | |
![]() | |
![]() |
Farobiy (toʻliq ismi: Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy; 873-yil, Farob shahri — 950-yil, Damashq) – Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ (Aristoteldan keyin „Ikkinchi muallim“), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻlgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]H
[tahrirlash]- Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmogʻi, yaxshi tarbiya olmogʻi va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak[2].
- Har kimki ilm-hikmatni oʻrganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi boʻlsin, yaxshi axloq va odobli boʻlsin, soʻzining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boʻlsin, xiyonat, makr-hiyladan uzoq boʻlsin[3].
I
[tahrirlash]- Inson baʼzan mumkin boʻlmagan narsani ham qilgisi keladi, masalan, abadiy boʻlgisi keladi[4].
- Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq boʻlishi va baxtiyor yashamogʻi lozim[5].
- Inson yuksak kamolotga erishuv yoʻlida harakat qilganidek, aqliy bilishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz oʻzi intilayotgan soʻnggi darajadagi baxt-saodatga erishadi[6].
J
[tahrirlash]- Jamiyat mehr-muhabbat bilan birlashadi, adolat bilan yashaydi, halol mehnat orqali omon qoladi[7].
M
[tahrirlash]- Musiqa fani shu maʼnoda foydaliki, kimning feʼl-atvori muvozanatini yoʻqotgan boʻlsa, uni tartibga keltiradi[8].
T
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]- Oʻlim kasallikning natijasidir, kasallik qonning buzilishi, safro, qora safro va shilliq koʻpayishi natijasida paydo boʻladi. Bu toʻrt elementning holati esa ovqatlanishga bogʻliqdir, ovqatlanish oʻsimlikka bogʻliq. Oʻsimlik yerdan chiqadi, chunki har qanday koʻkat yerdan oʻsib chiqadi[10].
- Oʻzlarida kashf-ixtiro quvvati boʻlmagan kishilar makr-hiyla va nayrangbozlik sanʼati boʻyicha oʻzlariga ochiq-oydin maʼlum boʻlmagan turli jinslarni yoqlaydilar, va shu jinslarga yordam berib, turli taʼlimotlarga qarshi oyoqqa turadilar[11].
Haqida
[tahrirlash]— Qayum Nosiriy |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 55.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 4.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 5.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 216.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 225.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 63.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 8.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 6.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 177.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 214.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 16.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.