Alisher Navoiy
Alisher Navoiy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Alisher Navoiy (1441-yil 9-fevral – 1501-yil 3-yanvar) – oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]Adab kichik yoshdagilarni ulugʻlar duosiga sazovor etadi va u bu barakotdan umrbod bahramand boʻladi[1].
* * *
Aytur soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt![1]
B
[tahrirlash]Bilmaganin soʻrab oʻrgangan – olim va orlanib soʻramagan oʻziga zolim[1].
* * *
Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni sadqa qil ano boshigʻa[1].
* * *
Boʻlmas adabsiz kishilar arjmand,
Dast etar ul xaylni charxi baland[2].
D
[tahrirlash]Doʻstlar fikridin va dushmanlar makridin beparvoligʻ joiz ermas va bu ish nadomatdin oʻzga natija bermas[1].
E
[tahrirlash]Elga sharaf kelmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayo-u adab[1].
F
[tahrirlash]Fosiqdan hayo tilama, zolimdan – vafo[1].
I
[tahrirlash]Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yoʻq ondin[1].
* * *
Itdan – kiyikka, mushukdan – kabutarga shafqat maholdir[1].
H
[tahrirlash]Har kimki soʻzi yolg‘on,
Yolgʻoni zohir boʻlgach, uyolgʻon[1].
J
[tahrirlash]Jahl ahli bilan kimki ulfat boʻlgʻay,
Ul ulfat ichra yuz ming kulfat boʻlgʻay[1].
* * *
Johillikdan besaodatroq nima bor?[1]
O
[tahrirlash]Odam borki, odamlarning naqshidur,
Odam borki, hayvon undan yaxshidur[1].
* * *
Olim kerakki, oʻz ilmining poya va miqdorini asragay, gavharni imtihon uchun toshga urmagay[1].
* * *
Oqil chin soʻzdin oʻzgani demas, ammo barcha chinni ham demak – oqil ishi emas[1].
* * *
Oz-oz oʻrganib dono boʻlur, qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur[1].
* * *
Ogʻizga kelganni demak – nodonning ishi,
Oldigʻa kelganni yemak – hayvonning ishi.
R
[tahrirlash]Ravza bogʻin visolin istar esang, boʻl onaning oyogʻi tufrogʻi[1].
S
[tahrirlash]Saxovatsiz kishi birla gavharsiz sadafning hukmi bir[1].
* * *
Sihhat tilasang, koʻp yema,
Izzat tilasang, koʻp dema[1].
* * *
So‘z qattigʻi el koʻngliga ozor aylar,
Yumshogʻi koʻngillarni giriftor aylar[1].
T
[tahrirlash]Tiling birla koʻnglingni bir tut[1].
* * *
Til tigʻi bilan gunohsiz kishiga ozor berish – sogʻ qon tomirga nishtar urib nobud qilishdir[1].
Y
[tahrirlash]Yaxshi libos tanga oroyish,
Yaxshi qoʻldosh jonga osoyish[1].
* * *
Yaxshilikni bilmasang, bori, yaxshilarga qoʻshul[1].
* * *
Yomonlarga marhamat va yaxshilik qilish yaxshilarga zarar va alam keltiradi[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.