Kontent qismiga oʻtish

Abu Rayhon Beruniy

Vikiiqtibosdan olingan
Abu Rayhon Beruniy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 4-sentyabr 973
Kot
Vafoti 9-dekabr 1048
Gʻazna
Qardosh loyihalar

Abu Rayhon Beruniy (4-sentyabr 973-yil, Kat, Xorazm, – 13-dekabr 1048-yil, Gʻazna) – Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Asalarilar ham oʻz jinsidan boʻlaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oʻldirib tashlaydilar[1][2].
  • Bilimning shundayki, u yalangʻoch boʻlganingda ham oʻzing bilan qoladi uni hammomga kirganingda suv ham yoʻqota olmaydi[3].
  • Bilim – qaytarish va takrorlash mevasidir[3].
  • Bilimsiz kishilarning koʻngli xurofotga moyil boʻladi[1][4].
  • Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir[1][5].
  • Bu kunning tadbiri sababli ertaning tadbiriga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidur[3].
  • Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi[1][6].
  • Fanlarning foydasi ular yordamida oltin va kumushlarni qoʻlga kiritish emas, balki ular tufayli zarur narsalarga erishishdir[3].
  • Haddan ortiq gʻazab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroʻni ketkazadi[1][8].
  • Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa[1][9].
  • Har bir yangi narsada lazzat bor[1][5].
  • Hasad bilan gʻazab ikki qanot boʻlib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi[1][10].
  • Hatto (dehqonlar) oyga qarab urugʻlar sochish, ekish, koʻchatlar oʻtqazish, payvand qilish va changlatish, hayvonlarni urchitish va boshqa vaqtlarni aniqlaydilar[3].
  • Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan oʻzini qoʻriqlash bor[1][11].
  • Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi[1][12].
  • Ilmning turi koʻp. Ularning soni yanada ortadi, qachon-ki insonlar ilmga eʼtibor bersa va ziyolilarni qadrlasa. Bu ishni eng birinchi qilishi kerak boʻlganlar – rahbarlardir[13].
  • Inson oʻz suratini oʻzgartirishdan ojiz boʻlsa ham, tilsiz hayvondan orqada qolishni istamasa, nafsni tozalashdan ojiz boʻlmaydi[3].
  • Jonli mavjudotning barchasi, shu jumladan insonning oʻzi ham, tabiiy ravishda paydo boʻlgan va u tabiatning rivojlanishi va oʻzgarishining natijasi hisoblanadi[3].
  • Joʻrttaga oʻz soʻzida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biror foyda yetkazmaydi[1][7].
  • Kimda kim oʻz izlanishlarining afzalligi qonuniyatlarini izlab topishda deb bilarkan, ul albatta, hamisha oʻz qarashlarini amalda isbotlash yoʻlidan boradi[3].
  • Kishini koʻngli kelishgan va tartibli har narsaga qiziqadi, tartibsiz narsalardan nafratlanadi[3].
  • Kishi oʻz mehnat va mashaqqat chekishlari jarayonida garchi u insonlarning eng aqllisi va eng ziyraga boʻlsa ham, hamisha shodu xursandlikni orzu qilib, sevinch keltiradigan narsalarga moyil boʻladi va yolgʻon koʻriladigan narsalardan tortinadi...[3]
  • Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi[1][14].
  • Koʻz bilan koʻrgan eshitgandan afzalroqdir[1][15].
  • Odamgarchiligi bor mard kishi oʻzidan va oʻziniki ekanligiga hech kim tortishib oʻtirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi[1][18].
  • Odamlarning tuban darajalisi ham oʻzidan tubanroq boʻlgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas[1][19].
  • Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik koʻzi bilan qaraydilar[1][20].
  • Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini taʼna qilishadi[1][21].
  • Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi[1][22].
  • Tillarning turlicha boʻlishiga sabab — odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tugʻilishidir[1][23].
  • Ulugʻ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi[1][24].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 87.
  3. ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  4. ↑ Tursun 2006, s. 11.
  5. ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 76.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 126.
  7. ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 62.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 189.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 106.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 185.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 174.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 105.
  13. ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  14. ↑ Tursun 2006, s. 136.
  15. ↑ Tursun 2006, s. 145.
  16. ↑ Tursun 2006, s. 103.
  17. ↑ Tursun 2006, s. 86.
  18. ↑ Tursun 2006, s. 110.
  19. ↑ Tursun 2006, s. 108.
  20. ↑ Tursun 2006, s. 58.
  21. ↑ Tursun 2006, s. 135.
  22. ↑ Tursun 2006, s. 109.
  23. ↑ Tursun 2006, s. 147.
  24. ↑ Tursun 2006, s. 116.
  25. ↑ Tursun 2006, s. 144.
  26. ↑ Tursun 2006, s. 59.
  27. ↑ Tursun 2006, s. 127.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]