Ahmad Yassaviy
Qiyofa
| Ahmad Yassaviy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1100 Sayram |
| Vafoti |
1166 Turkiston |
| Qardosh loyihalar | |
Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (tax. XI asrning ikkinchi yarmi – 1166-yil) – tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri.
A
[tahrirlash]- Ayo doʻstlar, nodon birla ulfat boʻlub,
Bagʻrim kuyub, jondan toʻyib, oʻldim mano.
Toʻgʻri aytsam, egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar,
Qonlar yutub, gʻam zahriga toʻydim mano[1].
B
[tahrirlash]- Banda boʻlsang manmanlikni zinhor tashla,
Saharlarda joning qiynab tinmay ishla[2].
E
[tahrirlash]N
[tahrirlash]- Nafs yoʻligʻa kirgan kishi rasvo boʻlur,
Yoʻldan ozib, toyib, toʻzib, gumroh boʻlur.
Nafsing seni oxir damda gado qilgʻay,
Din uyini gʻorat qilib, ado qilgay,
Oqil ersang, nafsi baddin blgʻil bezor[5].
Q
[tahrirlash]- Qayda koʻrsang koʻngli sinugʻ marham boʻlgʻil,
Andoq mardum yoʻlda qolsa hamdam boʻlgʻil,
Ummat boʻlsang gʻariblarga tobeʼ boʻlgʻil,
Oyat, hadis har kim aytsa, someʼ boʻlgʻil[6].
S
[tahrirlash]- Sunnat ermish kofir boʻlsa, berma ozor,
Koʻngli qattiq dilozordan xudo bezor.
Oqil ersang eranlagʻa xizmat qilgil,
Amri maʼruf qilgʻonlarni izzat qilgʻil[7].
T
[tahrirlash]- Tamagir koʻpgina narsalarga tamaʼ koʻzi bilan qaraydi. Biroq hech narsaga yetolmaydi, baribir muhtojlikda qolaveradi. Boylik kishini hech vaqt haqiqiy saodatga yetkazolmaydi. Tamagir esa baxt-u saodat odamga saltanat-u kumush orqali keladi, deb oʻylaydi[8].
- Toʻgʻri yurgan oshiqlardan xudo rozi,
Oshiq ishi oson emas, qilma bozi.
Yolgʻonchilar „oshiqmen“ der, Olloh qozi,
Imonini puchak pulga sotar ermish[9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 94.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 126.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 40.
- ↑ Tursun 2006, s. 169.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 142.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 146.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 166.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 160.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 84.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.