Jomiy
Qiyofa
| Jomiy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
7-noyabr 1414 Torbat-e Jam |
| Vafoti |
9-noyabr 1492 Hirot |
| Qardosh loyihalar | |
Jomiy yoki Abdurahmon Jomiy (asl ismi: Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad)(7-noyabr 1414-yil, Jom; 9-noyabr 1492-yil, Hirot) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
A
[tahrirlash]- Adovat tigʻini koʻtargan kishi adovat tigʻidan halok boʻladi[1][2].
- Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo[3].
- Agar och boʻlsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qoʻzgʻatadi. Sen bilan oʻtirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uygʻotadi[3].
B
[tahrirlash]- Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal,
Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi,
Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo[3]. - Boylikdan kerilmoq — aqldan nari,
Chunki u oʻtkinchi bulut singari[1][4].
D
[tahrirlash]- Dono suhbatidan bosh tortsa nodon,
Davrondan yaxshilik koʻrmas hech qachon[1][5]. - Dunyo bir matokim, uning ketidan hirs qoʻyib yurmagil, oʻtgil yuzidan[1][6].
- Dunyoda doʻsting kim, dushmaning kim – boq,
Ishlaring hisob et, yozilmish qandoq[1][7].
E
[tahrirlash]- Erta tongda ogʻzingga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki toʻqlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir[3].
F
[tahrirlash]- Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim[3].
H
[tahrirlash]- Hammadan balanddir ona mansabi[1].
- Hammaga omonlik istaguvchi boʻl,
Shunda adovatga qolmagay hech yoʻl[1][8]. - Har kimdan istama doʻst-oshnolik,
Har oshnadan kutma sen roʻshnolik[1][7].
K
[tahrirlash]- Kibrsizlik lofin urma, uni koʻrmoqdan koʻra qorongʻu tunda chumolining izini koʻrmoq osonroqdir[1][9].
- Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq doʻst va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan[3].
- Kim tortsa adovat qilichin qindan,
Adovat tigʻidan boʻladi halok[1][10]. - Kichiklarga hazil-u istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillat-u xorlik gʻuboriga botmoqdir[3].
- Koʻplar molin berib, mardlik qiladi,
Koʻplar jonin berib, mardlik qiladi[1][11].
M
[tahrirlash]N
[tahrirlash]- Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo[3].
O
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]- Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi boʻlur?![1][13] - Qul-u ozodga maʼlum va ayon,
Dono tirikdir, oʻlikdir nodon[1][5].
S
[tahrirlash]- Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab boʻlsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik boʻlgani taqdirda ham, u saxovat emas[3].
- Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas[3].
T
[tahrirlash]- Tanang imorati dosh bera oladigan miqdorda tanovul et[3][14].
- Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr,
Choʻloq tulki unga beradi ozor[3]. - Toʻgʻrini de, toʻgʻrini koʻr, toʻgʻri yur,
Toʻgʻri gapir, toʻgʻri eshit, toʻgʻri tur[1][15].
U
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 168.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 „Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!“.
- ↑ Tursun 2006, s. 151.
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 64.
- ↑ Tursun 2006, s. 75.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 171.
- ↑ Tursun 2006, s. 173.
- ↑ Tursun 2006, s. 152.
- ↑ Tursun 2006, s. 172.
- ↑ Tursun 2006, s. 108.
- ↑ Tursun 2006, s. 153.
- ↑ Tursun 2006, s. 145.
- ↑ Tursun 2006, s. 84.
- ↑ Tursun 2006, s. 136.
- ↑ Tursun 2006, s. 114.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.