Az-Zamaxshariy
Qiyofa
| Az-Zamaxshariy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
18-mart 1075 Zamaxshar |
| Vafoti |
12-iyun 1144 Koʻhna Urganch |
| Qardosh loyihalar | |
Abulqosim az-Zamaxshariy (1075-yil 18-mart – 1144-yil 12-iyun) – forsiy olim.
| A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Agar biror qaygʻu-alam yuz bergani yoki taʼziyali joyni eshitsang, darhol oʻsha yerga bor. Agar ziyofat-u mehmondorchilikka chaqirilsang, unda oʻzing oʻylab ish tut[1][2].
- Alloh taolodan astoydil iltijo bilan oʻtinib soʻragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi[1][3].
- Agar tilingning ortiqcha soʻzlashiga ega boʻla olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan boʻlasan[1][4].
B
[tahrirlash]- Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi[1][5].
- Boshingizga mushkul ish va tashvish tushganida munis boʻlib, odamlarga mehr-muhabbat koʻrsatasiz. Ammo davlat-u neʼmatlarga erishganingizda bagʻritoshlikka moyil boʻlasiz[1][6].
- Bu dunyo ibratli ishlar va pand-nasihatlarga toʻladir. Ayni vaqtda koʻz yoshlariga ham serob[1][7].
F
[tahrirlash]- Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir[1][8].
- Fisq-u fasod qiluvchilar va fojirlar koʻpaysa, Alloh taolo vabo yuboradi[1].
G
[tahrirlash]- Garchand uzoq umr koʻrgan boʻlsalar-da, koʻp odamlar gʻoʻr va tajribasizdir[1][9].
- Goʻzal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar koʻrkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forigʻ boʻlmas[1][10].
H
[tahrirlash]- Haqiqat va adolat bilan toʻgʻri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor boʻlur[1][11].
- Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning roziligini oʻyla. Aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda boʻlib, zoe ketadi[1][12].
- Hayot vaqtingda bergan inʼom-ehsonlaring, garchi ularni tuki yoʻq (qirchangʻi) boʻriga bergan boʻlsang-da, zoe ketmas. Qiyomat kunida bularning ajri senga boʻlur[1][13].
K
[tahrirlash]- Kimki adovat-u xusumatni eksa, albatta u tashvish-u mashaqqat oʻradi[1].
- Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagini tutsa, u albatta murodiga erishib, xayr-u baraka topadi[1][14].
- Kimki oʻz nafsi-balosiyu orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak oʻzini-oʻzi chuqur qaʼriga tashlagani muqarrar[1][15].
- Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik koʻp boʻlsa, shunga yarasha odamlar uning qaygʻusiga sherik boʻlarlar, hamdardlik bildirarlar[1][16].
- Koʻpincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan ogʻirroqdir[1][17].
- Koʻpincha yoki baʼzan Hasan al-Basriyga oʻxshash buyuklarni Xajjoj zolimga oʻxshashlar tugʻadilar, goʻyo shoʻr dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi[1][18].
- Koʻp ortiqcha soʻzlashuv eshituvchini ranjitadi[1][4].
M
[tahrirlash]- Men roʻzadorman, deysan-u ammo oʻzing boʻlsa, birodaring goʻshtini yeysan (yaʼni, gʻiybatlar va xoʻrliklardan soʻzlaysan)[1].
- Misvoklar bilan ogʻzingni tozalading, koshki edi bundan keyin sen ogʻzingni boʻhton, yolgʻon, gʻiybat soʻzlarni aytish bilan bulgʻamasang![1]
- Mol-mulkni behuda isrof qilish kufroni neʼmatdur. Oʻylamasdan boyligini sarflash toʻliq tanazzulga olib keladi[1][19].
O
[tahrirlash]- Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir[1][6].
- Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir[1][20].
P
[tahrirlash]- Pastkash kimsaning oʻz nasl-nasabini maqtab, u bilan faxrlanishi chanqoq kishining suv shuʼlasi (sarob)ni koʻrib aldangani kabidir[1][21].
- Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir[1][18].
Q
[tahrirlash]- Qabohatli suvrat, chirkin yuzning va yomon chehraning orqasida yaramas xulqdan boshqa narsa yoʻqdir[1][22].
- Quyosh nurlarini berkitib boʻlmaganidek, haqiqatning chirogʻini ham soʻndirib boʻlmaydi[1][23].
- Qoʻrquvga mubtalo boʻlgan kishi faqat qochishdan najot izlaydi[1][24].
R
[tahrirlash]S
[tahrirlash]- Sen zalolat toʻlqiniga oʻzingni urib suzsang, seni faqat koʻp toat-ibodat va tasbehlar qutqaradi[1][25].
- Suv yoʻllari irmoqlari bilan boʻlgani kabi shariatning toʻgʻri qonun-qoidalari Paygʻambar alayhissalom taʼlimotlari bilandir[1][26].
T
[tahrirlash]- Takabburlikni qanchalik xursandlig-u shodlikka tomon aylantirishga urinsang ham, asli loy boʻlganidan keyin kulol singari, yaʼni tuproqqa (loy ishlariga) qaytishi muqarrar[1][27].
- Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandir[1].
- Tilingdan chiqqan sadaqang (yaʼni, pand-u nasihating va maʼviza-yu hasanang) baʼzan qoʻlingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir[1][28].
- Tun-u kunni oʻtkazaman-u, ammo bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq boʻlmayotir. Chunki zamona kundan-kunga halokat tomon bormoqda. Shunday ekan, kechagi kun bugungidan aʼloroq, bugungisi esa ertangidan yaxshiroqdir[1][29].
- Togʻ tepasidagi qoyalarni koʻchirish minnat eshitish yuklariga nisbatan yengilroqdir[1][30].
- Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining qadam bosishi arslon yurishidan ham mahobatliroq haybatliroqdir[1][31].
U
[tahrirlash]- Urugʻlikni ham, poʻchoqni ham, niyat-u orzularni ham, muhabbat-u firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir[1][32].
- Ustingga keksalik kiyimi tashlangan boʻlsa ham biroq sen uzoq umr koʻrish hirsida (taʼmasida) yangi-yangi kiyimlar kiymoqdasan[1][33].
V
[tahrirlash]- Vaqti-soati oʻtgandan soʻng ijro boʻladigan vaʼdadan hech bir yaxshilik boʻlmas[1][34].
- Vijdon azobiyu taʼnadan toʻgʻri boʻlmagan kimsani taʼlim-tarbiya va qiynash bilan ham toʻgʻrilash amri mahol[1][22].
X
[tahrirlash]- Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor boʻlganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi[1].
- Xuddi qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani kabi oliyjanob va himmatli odamning goʻshtini hasad ahli yeydi[1].
Y
[tahrirlash]- Yoki ilmli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, loaqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl, ammo toʻrtinchisi boʻlma, chunki kasodga uchrab halok boʻlasan[1][35].
- Yolgʻonchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi[1][36].
- Yomon fikr sohiblari ham, kufroni neʼmat qiluvchilar ham yovvoyi qobonlar misoli Alloh taoloning magʻfiratidan yiroqdirlar[1][37].
- Yomon, noraso eʼtiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi[1][38].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻlim qanchadan-qancha takabbur odamlarning boshlarini chuqurga, yaʼni qabrga uloqtirgan[1][39].
- Oʻtkir qilichning boshga tushadigan zarbasi baʼzi nodonlarning hukmi ostida muteʼ-itoatda boʻlib yurishdan afzaldir[1][40].
- Oʻzi sazovor boʻlmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir[1][17].
- Oʻz nafsingga hokim boʻlmasang, uni oʻz hukmingda tutasan. Aks holda undan gʻolib chiqib, ushlab tura olmaysan[1][15].
- Oʻz vaʼdasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar koʻrsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson boʻlolmaydi[1][41].
- Oʻz vaqtidan kechikib berilgan inʼom-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq boʻgʻuvchidir[1][30].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 101.
- ↑ Tursun 2006, s. 31.
- ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 145.
- ↑ Tursun 2006, s. 64.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 97.
- ↑ Tursun 2006, s. 109.
- ↑ Tursun 2006, s. 104.
- ↑ Tursun 2006, s. 117.
- ↑ Tursun 2006, s. 132.
- ↑ Tursun 2006, s. 108.
- ↑ Tursun 2006, s. 53.
- ↑ Tursun 2006, s. 98.
- ↑ Tursun 2006, s. 128.
- ↑ 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 77.
- ↑ Tursun 2006, s. 96.
- ↑ 17,0 17,1 Tursun 2006, s. 141.
- ↑ 18,0 18,1 Tursun 2006, s. 106.
- ↑ 19,0 19,1 Tursun 2006, s. 100.
- ↑ Tursun 2006, s. 30.
- ↑ Tursun 2006, s. 138.
- ↑ 22,0 22,1 Tursun 2006, s. 137.
- ↑ Tursun 2006, s. 142.
- ↑ Tursun 2006, s. 110.
- ↑ Tursun 2006, s. 47.
- ↑ Tursun 2006, s. 32.
- ↑ Tursun 2006, s. 152.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ Tursun 2006, s. 123.
- ↑ 30,0 30,1 Tursun 2006, s. 99.
- ↑ Tursun 2006, s. 130.
- ↑ Tursun 2006, s. 34.
- ↑ Tursun 2006, s. 115.
- ↑ Tursun 2006, s. 127.
- ↑ Tursun 2006, s. 7.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
- ↑ Tursun 2006, s. 25.
- ↑ Tursun 2006, s. 131.
- ↑ Tursun 2006, s. 151.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ Tursun 2006, s. 147.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.