Kontent qismiga oʻtish

Umr

Vikiiqtibosdan olingan
Umr
Qardosh loyihalar

Umr – tugʻilgandan to oʻlgungacha boʻlgan davr, yashash muddati, shu muddat davomidagi hayot, yashash.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga nomaʼlum bir umr ichida kun va tunlaringizni oʻtkazmoqdasiz. Agar qoʻlingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan oʻtkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qoʻymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi boʻlmang. Tezroq boʻling, gʻaflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas, oʻlganidan soʻng ular ortda qoldirayotgan goʻzal narsalarga havas qiling![1]

Ey gʻofil, koʻp oʻylab foyda-yu mol,
Umring sarmoyasin aylama poymol[2].

Har bir nafas tortish bilan birga umrdan bir qismi oʻtib ketaveradi[3].

Koʻrdimki, vaqtini „essiz“, „qaniydi“, „koshki“lar bilan oʻtkazgan kishining umri eng qisqa ekan[3].

Moling kamayganiga emas, umring kamayotganinga achin![4]

Muhtojligi kam odamning umri uzoq boʻladi.

Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir[6].

Siz oʻtkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham oʻtishini kutmoqdasiz... Unutmangki, bu dunyo yolgʻon va aldov ustiga bino boʻlgan[7].

Umr ertangi kun orzusi bilan yashash, gʻofillik bilan janjal-suron qilish, joningni ayamay mehnat qilish bilan tugab boradi[8].

Umr – xotirdan kechib oʻtadigan bir daqiqa xayolchalik muddatdir. Kunlar – umr kitobining sahifalaridirkim, ularga koʻchirmalar bitib borilaveradi[9][10][8].

— Shayx Shibroviy

Oʻlim yoʻlda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora[11].

Oʻrinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib boʻlmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmy turib, oʻrinli, axloqli va adolatli yashab boʻlmaydi[12].

Epikur

Oʻtib borar ajib umr karvoni,
Qoʻlingdan chiqmasin shodlik zamoni[13].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, ss. 80–81.
  2. Tursun 2006, s. 118.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 116.
  4. Tursun 2006, s. 94.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  6. Tursun 2006, s. 30.
  7. Tursun 2006, s. 81.
  8. 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 115.
  9. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  10. Tursun 2006, s. 42.
  11. Tursun 2006, s. 69.
  12. Voronsov 1989, s. 29.
  13. Tursun 2006, s. 114.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.