Abu Ali ibn Sino
Qiyofa
| Abu Ali ibn Sino | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
980 Afshona |
| Vafoti |
18-iyun 1037 Hamadon |
| Qardosh loyihalar | |
Abu Ali ibn Sino (18-iyun 980-yil; 16-avgust 1037-yil) – Oʻrta Osiyolik buyuk qomusiy olim, tabib va faylasuf. Gʻarbda Avitsenna (inglizcha: Avicenna) nomi bilan mashhur.
A
[tahrirlash]- Agar doʻstlik savdo-sotiqqa oʻxshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tugʻilmagan chogʻda doʻstni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday doʻstlik boʻldi endi![1]
- Agar havoda chang va tutun boʻlmasa edi, kishi ming yil yashagan boʻlardi[2][3].
- Agar kelajagim xayrli boʻlsa edi, mayli tinchgina, bemalol tirikchiligimni qilaverar edim. Bordi-yu agar unday boʻlmasa, ming koʻz bilan yigʻlardim[2][4].
- Aql tarozusida tortib koʻrilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini oʻrganmoq juda muhim[1].
B
[tahrirlash]- Badantarbiya bilan mashgʻul boʻlinsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart[1].
- Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob boʻladi, zero harakatsiz qolgan aʼzolarning quvvati zaiflashadi[1].
- Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tugʻilishiga ham sabab boʻladi[1].
- Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsa-yu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma![2][5]
- Boylikni topishibdi-yu aql-idrokni yoʻqotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yoʻqotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?[2][6]
- Boshqalarda koʻrganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi[2][7].
D
[tahrirlash]- Donishmandlik bizga hayot soʻqmoqlarida ulugʻ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir[1].
- Doʻstimki, dushmanimga doʻstlik qilarkan, uni men doʻst hisoblamayman. Zaharga qoʻshilgan shakardan ehtiyot boʻl[2][8].
E
[tahrirlash]F
[tahrirlash]H
[tahrirlash]- Hakimning uch quroli bor: soʻz, giyoh va tigʻ[1].
- Haqiqatni ochinglar, toʻgʻri yoʻldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm oʻrganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar[2][10].
- Haqiqiy baxt – borliqning yaratilish hikmatini anglagan holda Yaratganga yoʻnalib, unga ishonish, ilohiy olamni tafakkur qilishdir[11].
- Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, boshi qattiq otga oʻxshagan bu falak unga boʻysuna beradi[2][12].
- Hayo — insonning abadiy goʻzalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga oʻxshaydi[2][13].
I
[tahrirlash]- Ikki rakat namoz oʻqib tarkibini aniqlagan dorilarimning shifosi koʻp boʻldi[14].
- Ilm – narsalarni inson aqli yordami bilan oʻrganishlikdir[2][15].
- Inson toki oʻzini mayda gap, oʻchakish, janjal, shikoyat, norozilik, oh-u vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos boʻlolmaydi[2][16].
K
[tahrirlash]- Keksaygan odam yoshlik oʻtida yonolmaydi[2][17].
- Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va gʻazabdir[2][7].
- Kundalik rizq koʻp, qaygʻuraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb oʻzingni koʻp qiynaverma. Chunki har kim oʻz nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi[2][18].
M
[tahrirlash]- Men koʻp joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmogʻini tishlab turuvchidan boshqani koʻrmadim[2][19].
- Minglab nafar ulugʻ zotlar borliqdan yoʻqlikka ketdilar. Axir bu ulugʻ zotlarning birortasi ham yoʻqlikdan borliqqa qaytib kelmayaptilar-ku[2][12].
- Mol-dunyoying seni aldamasin, chunki asragan mol-dunyoying boshqalarniki boʻladi. Ularni sarf eta olsang, oʻsha seniki boʻladi[2][6].
O
[tahrirlash]- Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qoʻrqmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng qoʻrqogʻidir[2][17].
Q
[tahrirlash]- Qora tuproq qaʼridan tortib, to Zuhal choʻqqisigacha boʻlgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzogʻidan qutilib chiqa oldim-u, ammo oʻlim tugunini yecha olmadim[2][20].
- Quruq gapning oʻzi hech qachon dalil boʻlolmaydi[2][21].
- Quyosh koʻrlarga koʻrinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda toʻgʻri yoʻl belgilari koʻrinmay qoladi[1][22].
R
[tahrirlash]- Ruh – shamchiroqqa, bilim – ana shu shamchiroqdan taralayotgan yogʻduga, Allohning zakosi – moyga oʻxshaydi. Shamchiroq yonishdan toʻxtamas ekan – sen tiriksan. Agar u oʻchsa – sen halok boʻlasan[1].
S
[tahrirlash]T
[tahrirlash]- Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning baʼzilarini joyidan yulib tushiradi[2][24].
V
[tahrirlash]- Vahimaning oʻzi yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sogʻlikdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir[25].
Y
[tahrirlash]- Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir[2][26].
- Yolgʻizlik halokatga olib keladi. Zero, inson oʻziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qoʻlga kiritishi mumkin[1].
- Yordam berishning goʻzalligi undan kishining tasalli topishida koʻrinadi[2][27].
Oʻ
[tahrirlash]Gʻ
[tahrirlash]- Gʻazab irodasi kuchli odamga roʻpara kelolmaganidek, irodasi kuchsiz odamga ham roʻpara kelolmaydi[2].
Sh
[tahrirlash]- Shodli va qaygʻuli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof doʻstlikni saqlab qolgan kishi chin doʻst hisoblanadi[2].
Ch
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Ziyouz.uz – Ziyo istagan qalblar uchun!
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 2,21 2,22 2,23 2,24 2,25 2,26 2,27 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 135.
- ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 118.
- ↑ Tursun 2006, s. 127.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 77.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Tursun 2006, s. 85.
- ↑ Tursun 2006, s. 164.
- ↑ Tursun 2006, s. 91.
- ↑ Tursun 2006, s. 20.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 119.
- ↑ Tursun 2006, s. 160.
- ↑ Tursun 2006, s. 37.
- ↑ Tursun 2006, s. 16.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ 17,0 17,1 Tursun 2006, s. 117.
- ↑ Tursun 2006, ss. 76–77.
- ↑ Tursun 2006, s. 115.
- ↑ Tursun 2006, s. 114.
- ↑ Tursun 2006, s. 143.
- ↑ Tursun 2006, s. 64.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
- ↑ Tursun 2006, s. 108.
- ↑ Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: "Sano-standart" nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 123.
- ↑ Tursun 2006, s. 98.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.