Nodonlik
| Nodonlik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Nodonlik — 1) bilimsizlik, ongi pastlik; johillik; 2) nodon kishilarga xos xatgi-harakat, ish; ahmoqlik.
A
[tahrirlash]Aqlli kishi qadr-u kamol, nodon kishi esa davlat-u mol qidiradi.
Aql odamni yashnatadi, nodonlik esa qaqshatadi.
B
[tahrirlash]Bizning baxtsizligimiz – nodonligimizda, xolos. Millat uygʻonsin, koʻzini ochsin, oʻqisin, bilim olsin, madaniy millatlar qatoriga kirsin, soʻngra u ham oʻz davlati, oʻz baxti, oʻz saodatini quradi[5].
D
[tahrirlash]Donishmand — baqqolning doʻkoniga oʻxshaydi: borini indamaygina koʻrsatadi-qoʻyadi, nodon esa lashkar nogʻorasining oʻzi: ovozi baland-u ichi boʻm-boʻsh va gʻarib[6].
Dono bilan zindon ichida xurram,
Nodon bilan hatto boʻston jahannam![7]
E
[tahrirlash]Eng ogʻir dard nodonlik.
H
[tahrirlash]Hamma narsani bilaman, deydigan odam hech nimani bilmaydi![12]
J
[tahrirlash]Johillikdan besaodatroq nima bor?[13]
N
[tahrirlash]Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi.
Nodonlik boyoʻgʻlidir, boyoʻgʻli esa doim xarobani izlaydi.
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin gʻaflat[6].
Nodonning foydasiga gapirsang, jahli chiqadi.
Nodonning vaqti foydasiz oʻtadi.
Nodon odamning gapi koʻp boʻladi.
Nodon odamdan aloqani uzish — aqlli odam bilan aloqa qilishga barobar.
Nodon suhbatidan aylasang hazar,
Vujudingga aslo yetmagay zarar!
O
[tahrirlash]Ogʻir balodir kim boʻlsa nodon,
Nodon uchun yoʻqdir dori-yu darmon!
Q
[tahrirlash]Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga koʻtariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yoʻl qoʻyib, pastlik sari qulaydi.
Y
[tahrirlash]Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq[15][10].
Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 66.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 57.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ „Abdulhamid Cho‘lponning "„Kecha va kunduz“” romanidan iqtiboslar“. Qaraldi: 26-sentyabr 2025-yil.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 65.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 65.
- ↑ Tursun 2006, s. 166.
- ↑ Tursun 2006, s. 63.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Tursun 2006, s. 64.
- ↑ 11,0 11,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 63.
- ↑ Hoshimov 2022, s. 5.
- ↑ Tursun 2006, s. 6.
- ↑ 14,0 14,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 59.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 58.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Hoshimov, Oʻtkir. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Toshkent: „Nurli dunyo“ nashriyot uyi, 2022 — 192-bet. ISBN 978-9943-8879-4-7.