Kontent qismiga oʻtish

Oila

Vikiiqtibosdan olingan
Oila

Qardosh loyihalar

Oila – nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Millatlar sharafini yuqori martabaga koʻtaradigan narsa milyonlar ila sanalmakda boʻlgan askarlar-u dunyoda eng buyuk va zoʻr boʻlgan kemalar emas, balki... oiladir[1].

Oila eʼtiqodni zaiflashtiradi, chunki inson oilasi och qolsa ular uchun talabda boʻladi. Talab bor joyda eʼtiqod sustlashadi[2].

…oilasida halovati yoʻq odamning xizmat joyida ham halovati boʻlmaydi[3].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?“ boʻlimidan

Oilaviy masalada er bilan xotin oʻrtasida totuvlik va maslahatlashib ish tutish boʻlmasa, bunday oila azob va mashaqqat maskaniga aylanadi. Bunday oiladan lazzat ketadi, rohat yoʻqoladi, bolalarning tinchligi buziladi. Oila aʼzolari oʻrtasida urush va janjal chiqmasligining oldini olish ayollarimizning vazifalaridir

Sen jannatga ketsang-u azob farishtalari bola-chaqangni jahannam oʻtiga otsalar, yuraging bardosh beradimi?[6].

Yashayotgan uyingizni bobongiz yoki dadangiz qurib bergan. Lekin „oila“ deb atalmish saroyni sizlarga birov qurib bermaydi[7].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Muddao“ boʻlimidan

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 176.
  2. Tursun 2006, s. 182.
  3. Malik 2019, s. 108.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 180.
  5. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  6. Tursun 2006, s. 35.
  7. Malik 2019, s. 4.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]