Kontent qismiga oʻtish

Sir

Vikiiqtibosdan olingan
Sir

Qardosh loyihalar

Sir — oʻzgalardan maxfiy tutilgan yoki oʻzgalarga nomaʼlum boʻlgan biror ish, narsa va hokazo.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar sirlaringni dushman bilmasligini xohlasang, uni doʻstingga aytmagin[1].

Azizim, har qanday odamga ishonib siringni aytma, har qanday dushmanga esa zulmingni haddan oshirma. Dushmaning doʻst boʻlib qolishi va doʻsting esa dushmanga aylanishi mumkin![2]

Azizim, sir saqlashda ehtiyot chorasini joyiga qoʻy! Xususan noumid doʻstlardan va sendan qoʻrquvda yashaydigan dushmanlardan siringni qattiq yashir! Chunonchi aytadilar:
Sendan umidini oʻzgan doʻstlarga,
Dildagi siringni aylama izhor,
Sendan qoʻrqib yurgan kimsalarga ham,
Sir aytmoqni aslo qilma ixtiyor![3].

Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz[4].

Karga aytmoq boʻlsang siringni toza,
Avval boshqalarga boʻlur ovoza[5].

Kim oʻz sirini berkitsa, yaxshilik uning qoʻlidadir[6].

Kishi oʻz sirini besh xil kishiga aytmasligi kerak. Bularning birinchisi — makr-u hiylali ayol, ikkinchisi — balogʻatga yetmagan bola, uchinchisi — tentak, toʻrtinchisi — birovga tobe kishi, beshinchisi — sinalmagan doʻst.
Yengiltak va makr sohibasi boʻlmish ayolga sir aytgan kishining ishi goʻyo olovga paxta tashlab, unga „kuyma!“ deb buyurgan kishining ishiga oʻxshaydi. Bolalarga sir aytgan kishining ishi esa suvga koʻza tashlab, unga „hoʻl boʻlma!“ deb buyurgan kishining ishiga oʻxshaydi. Tentakka sir aytgan kishining ishi goʻyo mushukka goʻsht tashlab, unga „yema!“ deb buyurgan kishining ishiga oʻxshaydi. Biror tasodif tufayli birovga qaram va tobe boʻlib qolgan kishiga sir aytgan kishining ishi goʻyo it oldiga suyak tashlab, unga „gʻajima!“ deb buyurgan kishining ishiga oʻxshaydi. Sinalmagan doʻstga sir aytgan kishining ishi goʻyo oʻzini oʻzi daryoga otib, doʻstiga xitob qilgan holda, „meni gʻarq boʻlishdan qutqar!“ degan kishining ishiga oʻxshaydi[2].

Koʻp kishilar borki, ular oʻz sirlarini saqlay bilmasliklari tufayli halokatga duchor boʻladilar[7].

Siring hamon ichingda ekan u sening asiringdir, tashqariga chiqsa sen unga asir boʻlasan.

Vijdonli odamning qalbi sirlar xazinasidir:
Ey majlisda oʻtirgan kishi,
Bundagi soʻz senga omonat.
Majlis sirini ifsho aylasang,
Omonatga boʻlur xiyonat.

Oʻttiz ikki tish orasidan chiqishga muvaffaq boʻlgan sir — oʻttiz ikki mahallaga tarqaladi.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 173.
  2. 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 184.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 185.
  4. Tursun 2006, s. 143.
  5. Tursun 2006, s. 147.
  6. Tursun 2006, s. 134.
  7. Tursun 2006, s. 142.
  8. 8,0 8,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 186.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.