Kontent qismiga oʻtish

Sukunat

Vikiiqtibosdan olingan
Sukunat

Qardosh loyihalar

Sukunat (arabcha: ‎ – sokinlik, jimjitlik), sukut, jimjitlik — hech qanday tovushning yoʻqligi; jimjitlik, sokinlik; sukut, soʻzsizlik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar yaxshilik oʻn qismdan iborat boʻlsa, toʻqqiztasi sukut qilishdadir[1].

Bilgilki, ahmoqlarga yaxshi javob – sukut[2].

Qobus

Bobolarimiz: „Soʻzlaganing kumush boʻlsa, tek turganing oltindir“, deyishgan. Buning maʼnosi shuki, oʻrinsiz, maʼnosiz soʻzlagandan koʻra jim turganing yaxshiroqdir[3].

— Nizomiddin ibn Husayn

Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar[4].

Ikki narsa foydasiz: hikmatsiz soʻz va tafakkursiz sukut.

Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[4].

Menga aytishlaricha, salomatlik oʻn qismdir: toʻqqiztasi — sukut qilishda va bittasi — odamlardan qochishda[6].

Omonlikning asosi jim turishdir. Oʻrnida soʻzlangan nutq eng sharafli xislat boʻlgani kabi vaqtida sukut qilish ham insoniylik sifatlaridandir[7].

Sukut — insonning eng harir libosidir[8].

Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz[3].

Sukut saqlang, uning eng oz foydasi — omonlikdir[9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 139.
  2. Tursun 2006, s. 66.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 141.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 60.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 112.
  6. Tursun 2006, s. 142.
  7. Tursun 2006, s. 149.
  8. Tursun 2006, s. 157.
  9. Tursun 2006, s. 148.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.