Kontent qismiga oʻtish

Xotin

Vikiiqtibosdan olingan
Xotin

Qardosh loyihalar

Xotin, rafiqa, zavja, turmush oʻrtoq — biror erkak nikohidagi ayol.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Aql-idrokdan mahrum boʻlgan bosh — suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasiz yigit — egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin — tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmagan olim — xushboʻy, ammo guli yoʻq boʻstonga oʻxshaydi[1].

  Abul Muʼin
  •  

Eriga tik gapirmagan xotin xotinlarning afzalidir[2].

  Otalar soʻzi
  •  

Erkak uchun eng yaxshi libos — shirinsoʻzlik, xotin uchun eng aʼlo kiyim — ochiq yuzlik[3].

  Muʼiniddin Juvayniy
  •  

Vafoli xotinning bahosi yoʻqdir,
Vafosiz boʻlsa gʻar koʻziga uqdir!

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Xotinlarning eng yaxshisi shundaki, ham bola oʻstiradi, ham mehr koʻrsatadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Xotinning iffatierning izzati.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Xotin sodiq ani sevgil aziz er,
Har ogʻir ishda ham doim seni der.
Unga doʻst boʻlgil, uni sevgil, koʻngul ber.
Uning soʻz bahridan gavharlarin ter.

  Sayfi Saroyi[4]
  •  

Yaxshi xotin erni yoshartiradi.

  Otalar soʻzi[2]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 160.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 182.
  3. Tursun 2006, s. 148.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 178.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]