Xudkushlik
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Xudkushlik oʻzini oʻldirishdir.
Iqtiboslar[tahrirlash]
- Hayotimiz kitobidan varaq yirtib ololmaymiz, biroq uni tamoman gulxanga tashlashimiz mumkin. (George Sand)
- Suicide is not a solution
But it remains an excellent option
- (Tarjima: Xudkushlik yechim emas
Lek zoʻr tanlovdir hamon)- Impaled Nazarene (fin metal guruhi) ashulasidan
- Melanxoliyaga toʻlib oʻzini oʻldirgan kishi agarda yana bir hafta yashaganida edi, hayotdan ketishni istamasdi. (Voltaire)
- Hayot yashashga arzigulikmi, degan savol falsafaning bosh muammosidir. (Albert Camus)
- Doʻstlarimga: ishlarim qilib boʻlingan. Nega kutayin? (George Eastman xudkushlik xatidan)
- Sinik boʻlish yaxshidir — har holda, boqimanda mushukdek boʻlishdan yaxshiroq — va eng yaxshisi, umuman boʻlmaslik. Batamom xudkushlik olamdagi eng mantiqiy ishdir — biz uni qorongʻulikdan primitiv va bolalarcha qoʻrqqanimiz tufayli rad etamiz. Agar ongli boʻlganimizda oʻlimga — yana oʻsha mavjud boʻlmasimizdan avvalgi orombaxsh yoʻqlikka talpinardik. (H. P. Lovecraft)
- Xudkushlik haqidagi xayollar yupatuvchidir: ular yordamida kishi yomon tunlarni kechib oʻta oladi. (Nietzsche)
- Qon uchun uzr. (Per Yngve Ohlin xudkushlik xatidan)
- Aziz Olam, men sendan zerikkanim uchun seni tashlab ketayotirman. Yetarlicha yashagandekman. Men seni sening muammolaring bilan shu magʻzava oʻrangda tashlab ketayapman — omad senga! (George Sanders)
- Hayot kino kabidir, agar siz uning yarmini koʻrsangiz-u, har soniyasi jonga tegarlik darajada rasvo va bemaʼni boʻlsa, hoynahoy, u bundan keyin ham qiziqarli boʻlmaydi va oxirigacha oʻtirib koʻrish uchun arzimaydi. Hech kim sizga kino tugamasidan avval, vaqtli chiqib ketganingiz uchun dakki berishi kerak emas. (Doug Stanhope)