Ateizm

Vikiiqtibos dan olingan
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


  • Balki xudo meni ateist qilib tanlagandir?
  • Ateizm shunday yupqa muz qatlamidirki, uning ustidan bir kishi oʻtib ketishi mumkin, lekin olomon oʻtolmay, gʻarq boʻlgay.
  • Xudo doim kuchli qoʻshinlar tomonidadir.
  • Xudosi osmonda boʻlgan odamlardan qoʻrqing.
  • Men e'tiqodlimanmi? Bu yolgʻiz Xudoga ayon.
    • Stanisław Jerzy Lec
  • Xayoliy mavjudotlarga tarqataverish uchun olamda mehr va ezgulik kamlik qiladi.
  • Xudoga shukrki, ateistman.
  • We are all atheists about most of the gods that societies have ever believed in. Some of us just go one god further.
  • Handaqda ateist topolmaysiz.
  • "Handaqda ateist topolmaysiz" argumenti ateizmga emas, handaqlarga qarshi argumentdir.
  • Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy ta'lim yoʻq, zero diniy asossiz berilgan ma'naviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha ta'lim-tarbiya e'tiqodga suyanishi lozim; biz e'tiqodli odamlarga muhtojmiz.
  • Bu hipotezaga ehtiyoj yoʻq.
    • Laplace, Napoleon'ning Laplace Osmon mexanikasida Xudoga oʻrin bermaganligi haqidagi savoliga javob berarkan
  • Odamsimon Xudo gʻoyasi menga antropologik konsept kabi tuyulayapti, men esa buni jiddiy qabul qila olmayman.
  • Mening dinim yoʻq, va ba'zida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini istardim. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir; bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap.
  • Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta boʻlgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikur'ning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
  • Agar ibtidoga qaytsak, shuni koʻrar edikki, rad va qoʻrquv xudolarni yaratdi; xayolot, entuziazm va yolgʻon ularni bezadi; ojizlik ularga ibodat qildirdi; ishonch ularning tiraniyasini qoʻllab, hurmat qilishga undab, odamlarni koʻrlikda ushlab turibdi. Agar tabiatni rad etish xudolarni paydo qilgan esa, tabiatni tanish ularni yoʻq etgay.
  • Har bir qishloqda mash'ala bor: O'qituvchi. O't oʻchirgich ham bor: Ruhoniy.
  • Soʻnggi tosh, soʻnggi ibodatxona soʻnggi ruhoniy ustiga qulamaguncha tamaddun mukammallikka erishmaydi.
  • Odamlar ikki turdir:
    Miyali, biroq dinsiz,
    Dini bor, lek miyasiz.
  • Xudo sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun toʻqib kelingan. Lekin siz ba'zi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan soʻng, siz xudoni qonunlar bilan almashtirasiz; xudoga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin siz unga boshqa sinoatlarni izohlash uchun muhtoj boʻlasiz. Shunday qilib siz uni olamning yaratuvchisi sifatida qoldirasiz, chunki biz hali bu haqida koʻp narsa bilmaymiz, bu sinoatdir; yoki siz uni fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda "chaqirasiz", masalan ruhiyat, yoki hayot davomiyligi va oʻlim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bogʻliq boʻladi.
  • Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
    • Steven Weinberg
  • Fanni dinni qoʻllab-quvvatlab yoki dinni buzib oʻrgatish kerak emas. Fanni dinga e'tibor bermay oʻrgatish lozim.
    • Steven Weinberg
  • Din inson sha'nini haqoratlaydi. U boʻlsa ham, boʻlmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
    • Steven Weinberg
  • "Menga sigʻinmasang seni abadul-abad yoqaman." Men azaldan buni ablahlik, deb hisoblab kelaman.
  • Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.
  • Oddiy sogʻlom mantiqqa koʻra men Xudoga ishonmayman.
  • Men dunyoqarashini din toraytirmagan va buzmagan aqlli insonlarni kamdan-kam uchratganman.
  • Din avom tomonidan haq, donolar tomonidan yolgʻon, va hukmdorlar tomonidan foydali, deb topiladi.
  • Barcha fikrlaydigan kishilar ateistdirlar.