Din
Vikiiqtibos dan
- Kishining o'zini tutishi simpatiya, ta'lim va ijtimoiy aloqalarga asoslangan bo'lishi zarur; diniy asos muhim emas. Agar kishi o'limdan keyingi jazodan qo'rqib yoki mukofotdan umidvor bo'lib, o'zini tutib yursa, bu juda achinarlidir. Albert Einstein
- Barcha dinlar, san'atlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. Albert Einstein
- Barcha dinlar, o'zlarining xudolari, payg'ambarlari, avliyo-anbiyolari bilan hali intellektual qudratlarini jilovlamagan va to'liq rivojlantirmagan odamlarning xayolotlari va ishonuvchanliklariga asoslangandir. Mixail Bakunin
- Din, u hatto o'zini sevgi dini, deb ham atasin, o'ziga oid bo'lmaganlarga beayov va nafratli munosabatda bo'lishi turgan gap. Sigmund Freud
- Uni kechiring, u shunchaki qabilasining odatlari tabiat qonunlaridir, deb ishonadi! George Bernard Shaw
- Men bizga his, ong va aql bergan Xudo ularni ishlatishni taqiqlaganiga ishonishni istamayman. Galileo Galilei
- Men hech qachon yagona haqiqiy Xudodan nafratlanmaganman, biroq odamlarning Xudosidan nafratlanaman. Marilyn Manson
- Men ratsionalizmni ateizmdan afzal ko'raman. Xudo va boshqa e'tiqodga asoslangan obyektlar ongdan tashqaridadir va ratsionalizmda rol o'ynamaydilar, shuning uchun siz vaqtingizni himoya yo hujumga sarflab o'tirmaysiz. Isaac Asimov
- Bedavo dindor, ko'pchilikning ruhiy holatini shunday ta'riflash mumkin. Thomas Edison
- Balki bugun oltin hayotning yagona boshqaruvchisiga aylangandir, biroq hali zamon keladiki, odamzot yana undan yuqori bo'lmish Xudoga sajda qiladi. Adolf Hitler
- Odam diniy hayvondir. U hayvonlar ichida yagona diniyidir. U hayvonlar orasida Haq Dinga - ulardan bir nechasiga ega yagona hayvondir. U hayvonlar ichra qo'shnisini o'zidek sevadigan va agar uning teologiyasi noto'g'ri bo'lsa, uni bo'g'izlaydigan yagona hayvondir. U qardoshlarining yo'lini haq va baxtga yetaklashga harakat qilib, dunyoni mozoristonga aylantirgandir. Mark Twain
- Din avomni jim saqlqash uchun eng zo'r narsadir. Napoleon Bonaparte
- Din ongni zaharlovchi viruslar ichida eng zararlisidir. Arthur C. Clarke
- Din qashshoqni boyni o'ldirishdan ushlab turuvchi narsadir. Napoleon Bonaparte
- Diniy azoblanish bir vaqtning o'zida voqe'iy azoblanish ifodasi va voqe'iy azoblanishga bo'gan norozilikdir. Din ezilgan mavjudotning ohi, yuraksiz olam yuragi va ruhsiz holat ruhidir. U xalq afyunidir. Karl Marx

