3 savdoyi
Qiyofa
3 savdoyi — 2009-yilda hind tilida yaratilgan komedik-dramatik film. Chetan Bhagatning “Besh nuqtali kimdir” romani asosida suratga olingan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bizga bolaligimizdan “hayot misoli bir poyga. Tez yugurmasang oyoq ostida qolib ketasan” deb uqtirishardi.
- Maʼnosi tushunarli boʻlsa boʻldi-da, kitobiy jumlalarni yodlashdan nima foyda axir?
- Atrofda bilim ulashishyapti. Istagan joyimdan olib qolay, derdi.
- Bizni qishloqda bir qorovul bor edi. Har kuni tunda bor ovozi bilan “Hammasi yaxshi” deb baqirib yurardi. Biz hotirjam uxlagani yotardik. Bir kuni qishlogʻimizda oʻgʻirlik boʻldi. Bilsak u tunda koʻrmas ekan. Shuning uchun bor ovozi bilan baqirar ekan. Biz boʻlsak qotib uxlarkanmiz. Oʻsha kuni bir narsani tushundim. Mana bu yurak tushmagur bor-ku, judayam qoʻrqoq boʻlarkan. Uni aldash kerak. Hayotda har qanday muammoga duch kelganingdayam unga shunday deyish kerak: Hechqisi yoʻq akasi, hammasi yaxshi, hammasi yaxshi.
— Shu bilan muammo hal boʻlarkanmi?
— Yoʻq, lekin bardoshliroq boʻlishga kuch topadi. - Bu yerda yangi gʻoyalar haqida gapirilmaydi. Yangilik kiritilmaydi. Gapirilsa faqat baholar haqida yo boʻlmasa Amerikada ishlash haqida gapiriladi. Lekin bu yerda bilim oʻrniga faqat qanday qilib yaxshi baho olish kerakligi oʻqitilyapti.
- Endi hayotingizni bir onini ajratib oʻylab koʻring. Men shu savolni berganimda kimdir “bugun maza qilib bir yangilik olarkanmiz” dedimi? Ser, ser? Yoʻq, hamma poygaga kirishib ketdi. Kimoʻzarga oʻqishdan nima foyda? Bilimlaringiz osharmidi? Yoʻq, faqat qon bosimingiz oshadi. Bu yer kollej, qon bosimi oshiradigan joy emas. Qamchining zarbidan sher ham boshqa kursiga oʻtib oʻtirishni oʻrganadi. Lekin u sherni oʻrgatilgan sher deydilar. Oʻqimishli demaydilar.
- Omad ketidan quvma. Yaxshi injiner boʻlsang, omad oʻzi ketingdan quvadi.
- Natijalarni eʼlon qilib yopishtirmaslik kerak. Kimnidir kamchiligini, kimnidir yutugʻini nimaga hammani oldida namoyish qilishimiz kerak? MIsol uchun, ser, sizni qoningizda gemoglabin kam chiqsa, doktor sizga davo yozadimi yo televizorda koʻrsatadimi?
- Biz oʻqishga faqat diplom olish uchun borardik. Diplom boʻlmasa, ish boʻlmaydi. Ish boʻlmasa, hech qanday ota qizini bermaydi. Bank kredit ajratmaydi. Odamlar hurmat qilishmaydi deb bilardik. U kollejga diplom uchun emas, faqat bilim olish uchun kelgan ekan.
- U na oxirida qolishdan qoʻrqardi va na birinchi boʻlishga intilardi.
- Bolalar iqtidorli boʻlinglar, iqtidorli. Omadni oʻzi esa ketinglardan quvib yuradi.