Kontent qismiga oʻtish

Oʻlim

Vikiiqtibosdan olingan
(Ajaldan yoʻnaltirildi)
Oʻlim

Qardosh loyihalar

Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) — tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir. Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Ajal bilan yuzlashmasdan oldin beriladigan har narsangni berib qolishing lozim[1].

  Jaloliddin Rumiy
  •  

Allohdan eng yaxshi tilak — Uning fazli va rahmatidan umidvorlik va oʻlim eshik qoqqanida tayyor turish[2].

  Xoris Muhosibiy
  •  

Bugun vafot etmoq — qoʻrqinchli, qachondir esa — hech nima emas[manba kerak].

  Vladimir Dal
  •  

Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. Oʻlim musulmon uchun sovgʻadir[3].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Hamma oʻladi. Lekin hamma ham yashamaydi[manba kerak].

  William Wallace, Sheryurak
  •  

Kimki oʻlimni koʻp eslasa, uch narsada ulugʻ boʻladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda, ibodatda gʻayratli boʻlishda. Endi kimki oʻlimni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun koʻrishga yetarli narsaga rozi boʻlmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi[4][5][6].

  — Hakim Homid Lifofiy
  •  

Kishi uchun nogahoniy oʻlim ikki narsadan keladi: ortiqcha boylik uchun intilishdan va bemaʼni soʻzlarni koʻp gapirishdan.

  Otalar soʻzi[7]
  •  

Koʻpchilik yoqtirmaydigan oʻlim va kambagʻallik qanday ajoyib narsalardir! Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir neʼmatdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamman. Boy boʻlgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor[8].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Koʻzingizni hayotda kattaroq ochingki, oʻlayotib xotirjam yumasiz[9].

  Alouddin Bashar
  •  

Mening oʻlimimda mening hayotimni ayblashingizni soʻrayman[manba kerak].

  Gennadiy Malkin
  •  

Minglab nafar ulugʻ zotlar borliqdan yoʻqlikka ketdilar. Axir bu ulugʻ zotlarning birortasi ham yoʻqlikdan borliqqa qaytib kelmayaptilar-ku[10].

  Abu Ali ibn Sino
  •  

Odamlar kambagʻallikni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Ular oʻlimni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Faqirlikni Rabbimga tavozeʼli va oʻlimni Rabbimga mushtoq boʻlganim uchun yaxshi koʻraman[5].

  Abu ad-Dardo
  •  

Qora tuproq qaʼridan tortib, to Zuhal choʻqqisigacha boʻlgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzogʻidan qutilib chiqa oldim-u, ammo oʻlim tugunini yecha olmadim[11].

  Abu Ali ibn Sino
  •  

Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor[12].

  Hasan Basriy
  •  

Xoh bir xudojoʻy, haqgoʻy nafs boʻlsin, xoh gunohkor, fojir nafs boʻlsin, oʻlim unga yaxshidir[5].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Oʻlimdan qoʻrqqanning koʻnglida shak bordir. Moʻmin kishi oʻlimdan qoʻrqmagay. Chunki oʻlim Haq taologa yetishtiruvchidirki, moʻmin undan qochmasligi lozim[1].

  Bishr Hofiy
  •  

Oʻlim daxshatidan oʻlish ahmoqlikdir[13].

  Seneka
  •  

Oʻlim dunyo hayotini bir pul qildi. Shu tufayli farosatli insonlarga quvonish uchun hech imkon qoldirmadi[11].

  Hasan Basriy
  •  

Oʻlim falokat emas, haqiqiy falokat oʻlimdan keyin nima boʻlishini bilmaslik[14].

  Abu Homid al-Gʻazzoliy
  •  

Oʻlimga tayyor boʻl, u kelganda qaytish boʻlmaydi[14].

  Shaqiq Balxiy
  •  

Oʻlimni eslash doʻzax olovini soʻndiradi[15].

  Abu Homid Gʻazzoliy
  •  

Oʻlim qanchadan-qancha takabbur odamlarning boshlarini chuqurga, yaʼni qabrga uloqtirgan[16].

  Abulqosim az-Zamaxshariy
  •  

Oʻlim yoʻlda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora[17].

  Jaloliddin Rumiy

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 116.
  2. Tursun 2006, s. 54.
  3. Tursun 2006, s. 71.
  4. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  5. 5,0 5,1 5,2 Tursun 2006, s. 91.
  6. Tursun 2006, s. 118.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
  8. Tursun 2006, s. 92.
  9. Tursun 2006, s. 75.
  10. Tursun 2006, s. 119.
  11. 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 114.
  12. Tursun 2006, s. 115.
  13. Voronsov 1989, s. 435.
  14. 14,0 14,1 Tursun 2006, s. 120.
  15. Tursun 2006, s. 121.
  16. Tursun 2006, s. 151.
  17. Tursun 2006, s. 69.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 

Havolalar

[tahrirlash]


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza