Kontent qismiga oʻtish

Gippokrat

Vikiiqtibosdan olingan
Gippokrat

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi mil. avv. 460
Kos
Vafoti mil. avv. 370
Larissa
Qardosh loyihalar

Gippokrat yoki Hippokrates (qadimgi yunoncha: Ἱπποκράτης, lotincha: Hippocrates; ajam xalqlari orasida Buqrot, Abuqrat nomi bilan ham tanilgan; mil. av. 460-yil, Kos oroli – mil. av. 377-yil, Fessaliya) – yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri.



  • Battar faqir boʻlmay desangiz, mol yigishga haris boʻlmang. Mol-u amvol gʻam-u anduhning koʻzidir. Adolat eng yaxshi narsa. Chunki u jamiki yaxshilikni mujassam qilgan![1]
  •  

Bir kuni Buqrotdan:
Odobli bilan odobsizning oʻrtasidagi farq qanday? — deb soʻradilar.
— Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, — deb javob berdi Buqrot[2].

  • Bilmagan narsangni biladigandek gapirma, kerak boʻlmagan narsani qidirma, bilmagan yoʻlingdan yurma, yaxshi soʻzni kim gapirishidan qatʼi nazar tingla, yaxshi soʻz bir gavharki, u hech vaqt oʻzgarmaydi. Nimani bilmasang, soʻrab oʻrgan, qilgan yomon ishlaringga qaygʻurma, bunday ishdan afsuslanmaslik, yana battarroq xato qilyshga olib keladi[1].
  • Eldan uyalmagan kishining el oldida qadri boʻlmaydi[1].
  • Ikki oqilning doʻstligi aql taqozosicha boʻlib, bu doʻstlikning umri boqiy boʻladi. Ammo ikki nodonning doʻstligi esa barqaror boʻlmaydi, chunki ular oʻz manfaatlari yuzasidan tezdagina urishib qoladilar. Ikki johil doʻstligi esa hech qachon boqiy boʻlmaydi, ular biror narsa ustida bir qarorga kelolmaydilar, natijasi esa zarar bilan tugaydi[1].
  • „Ortiqcha shirin boʻlmaginki, yeb yubormasinlar va ortiqcha achchiq boʻlmaginki, tuflab tashlamasinlar“[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.