Gippokrat
Qiyofa
(Hippokratesdan yoʻnaltirildi)
Gippokrat | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Gippokrat yoki Hippokrates (qadimgi yunoncha: Ἱπποκράτης, lotincha: Hippocrates; ajam xalqlari orasida Buqrot, Abuqrat nomi bilan ham tanilgan; mil. av. 460-yil, Kos oroli – mil. av. 377-yil, Fessaliya) – yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri.
Iqtiboslar
[tahrirlash]B
[tahrirlash]- „Bir kuni Buqrotdan:
— Odobli bilan odobsizning oʻrtasidagi farq qanday? — deb soʻradilar.
— Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, — deb javob berdi Buqrot“. — Qayum Nosiriyning „Favoqih al-julaso“ asaridan[1] - Bilmagan narsangni biladigandek gapirma, kerak boʻlmagan narsani qidirma, bilmagan yoʻlingdan yurma, yaxshi soʻzni kim gapirishidan qatʼi nazar tingla, yaxshi soʻz bir gavharki, u hech vaqt oʻzgarmaydi. Nimani bilmasang, soʻrab oʻrgan, qilgan yomon ishlaringga qaygʻurma, bunday ishdan afsuslanmaslik, yana battarroq xato qilyshga olib keladi[1].
- Buqrot hakim aytgan edi: „Ortiqcha shirin boʻlmaginki, yeb yubormasinlar va ortiqcha achchiq boʻlmaginki, tuflab tashlamasinlar“[1].
- Buqrot hakim aytadi: Ikki oqilning doʻstligi aql taqozosicha boʻlib, bu doʻstlikning umri boqiy boʻladi. Ammo ikki nodonning doʻstligi esa barqaror boʻlmaydi, chunki ular oʻz manfaatlari yuzasidan tezdagina urishib qoladilar. Ikki johil doʻstligi esa hech qachon boqiy boʻlmaydi, ular biror narsa ustida bir qarorga kelolmaydilar, natijasi esa zarar bilan tugaydi[1].
- Buqrot oʻz shogirdlariga nasihat qilib derdi: "Battar faqir boʻlmay desangiz, mol yigishga haris boʻlmang. Mol-u amvol gʻam-u anduhning koʻzidir. Adolat eng yaxshi narsa. Chunki u jamiki yaxshilikni mujassam qilgan![1]