Hotam Asom
Qiyofa
Hotam Asom | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | Balx |
Vafoti | 852 |
Qardosh loyihalar | |
Hotam Asom (toʻliq ismi: Abdurahmon Hotim ibn Unvon ibn Yusufi Balxiy; arabcha: أبو عبد الرحمن حاتِم بن عنوان الأَصَمْ; 763-yil, Balx – 852-yil, Vashgird) – orif, donishmand, faqih, Shaqiq Balxiyning shogirdi. U soʻfiylar orasida „ummatning Luqmoni“ laqabini olgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Ibrat ilmni, zikr muhabbatni, tafakkur xavfni (Allohdan qoʻrqishni) kuchaytiradi[1][2].
- Toatning ildizi uch narsadadir: qoʻrquv, niyat va muhabbatda[3].
- Toʻrt narsaning qadrini toʻrt kishi bilgay: yoshlikning qadrini yoshi oʻtib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sogʻliq-salomatlik qadrini kasal boʻlib, hech narsaga yaramay qolganlar, tiriklik qadrini oʻtganlar biladi[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 60.
- ↑ Tursun 2006, s. 56.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.