Kontent qismiga oʻtish

Munosabat

Vikiiqtibosdan olingan
Munosabat

Qardosh loyihalar

Munosabat (arabcha: مُنَاسَبَة‎ — munosiblik, muvofiqlik; joizlik; qarindoshlik; aloqadorlik) — kishilar, tashkilotlar, davlatlar oʻrtasidagi bordi-keldi, oldi-berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va maʼnaviyat bilan bogʻliq boʻlgan aloqa.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Aslida qayerda yashashingning umuman farqi yoʻq, asosiysi kim bilan yashashing[1].

  Charlie Chaplin
  •  

Er bilan murosa va madorada yashash uchun ayollarimizga quyidagi ikki narsaga amal qilish zarur. Birinchi, erning tabiatini, mijozini va xulqini bilish, shunga qarab muomala qilish, masalan, er nimadan koʻproq xursand boʻlsa, oʻshani qilishga urinish, qanday narsa gʻashini keltirsa, uni qilmaslikka urinish zarur. Erning harakatlarini bilish va oʻshanga asoslanib ish yuritish totuvlikni keltirib chiqaradigan muhim omillardan biridir. Ikkinchi, vafodor, sadoqatli va ishbilarmon ayollar haqidagi hikoya, sheʼr va dostonlarni koʻp oʻqish, yomon, xulqsiz va behayo ayollarning qilmishlari va uning oqibatida turli xil balolarga giriftor boʻlganliklari toʻgʻrisidagi voqealardan ibrat va kerakli xulosalar chiqara olish kerak.

  Olimat ul-Banot[2]
  •  

Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash[3].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Yaxshiga yaxshi boʻl, yomonga yomon,
Gulga gul boʻlgin-u, tikonga tikon[3].

  Saʼdiy Sheroziy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 180.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 125.

Adabiyotlar

[tahrirlash]