Kontent qismiga oʻtish

Pahlavon Mahmud

Vikiiqtibosdan olingan
Pahlavon Mahmud
Fayl:Pourya Valiʼs Tomb.jpg
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1255
Eron
Vafoti 1322
Qardosh loyihalar


Pahlavon Mahmud (forscha: پهلوان محمود‎‎; tojikcha: Pahlavon Mahmud; 1247-yil —1326-yil) – Xorazmlik fors shoiri, maʼrifatparvar, faylasuf va soʻfiy. Xorazm va forslarning milliy qahramoni.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Donish erur otgan oʻqim nishoni,
    Dadillik manbai bilimim koni.
    Ezgulik osmonini mahbusiman,
    Zanjirim fanoyu samo ummoni[5].
  • Doʻstim ertalikning gʻamini yema,
    Bu bir naqd nafsni gʻanimat bilgil[6].
  • Doʻst uyida mehmon boʻlgan vaqtingda qoʻlingni, koʻzingni, tilingni tiya bil[1][7].
  • Ey charxi falak, zamonayi dunparvar,
    Teskari yurishing toʻgʻriga xatar:
    Nodon bosh ustidayu, dono poymol,
    Yo rab, bu falakni et zeru zabar[8].
  • Ishqsiz kamol boʻlmas ushbu olamda[9].
  • Kimdaki boʻlmasa zamona gʻami,
    Yo olamdan emas, yo emas odam[1][10].
  • Koʻnglimizga qoʻnmas birovdan gʻubor,
    Bizdan ham birovga yetishgay ozor[1][11].
  • Koʻzgumga berardim kechqurun sayqal,
    Boqdim unga tiniq boʻlgan bir mahal.
    Shuncha koʻp koʻrindi oʻz aybimki, men,
    Oʻzgalar aybini unutdim tugal[12].
  • Mevali daraxt man har bir oʻtkinchi —
    Tosh otib oʻtsa ham menga boʻlmas or[13].
  • Nomard xizmatiga yondoshma zinhor[14].
  • Olam fili qaytarolmas jurʼatimiz,
    Charxdan zoʻrroq shavkatimiz – qudratimiz.
    Gar chumoli kirib qolsa safimizga,
    Sher etajak uni darhol davlatimiz[15].
  • Olam ishi boshida boʻlmaydi bir mard,
    Nomardning boshidan chiqarardi gard.
    Olam ishi doimo misli nard oʻyin;
    Nayrang bilan yutadi mardlarni nomard[14].
  • Oqil ahli hirsga giriftor boʻlmas,
    Hasad qilgan bilan tillo xor boʻlmas.
    Nomard – it kabidir, mard buyuk daryo,
    Daryo it damidin hech murdor boʻlmas.[1][14][16].
  • Podsholik istasang boʻl el gadosi,
    Oʻzingni unut-u boʻl el oshnosi.
    El toj kabi boshga koʻtarsun desang,
    El qoʻlin tutginu boʻl xokiposi[17].
  • Yengil oʻtsin desang oʻz kuningni sen,
    Yomon bilan ulfat boʻlma, yur yiroq,
    Yoʻlingga don sochib qoʻyadi tuzoq
    Yoyni egri koʻrib, toʻgʻriligidan
    Oʻq undan qanchalik qochganiga boq[18].
  • Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
    Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq[1][19][20].
  • Yoyni egri koʻrib, toʻgʻriligidan oʻq undan qanchalik qochganiga boq[1][21].
  • Shikoyat qilma, ey tamagir, nopok,
    Tuproqdan or etma, chunki oʻzing xok!
    Choʻpni ham eltolmas bu suvdan hech kim,
    Gavhar senga boʻlsin, menga bas xoshok![22]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 157.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 102.
  4. Tursun 2006, s. 157.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 21.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 175.
  7. Tursun 2006, s. 170.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 65.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 89.
  10. Tursun 2006, s. 138.
  11. Tursun 2006, s. 127.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 98.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.
  14. 14,0 14,1 14,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 82.
  15. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 78.
  16. Tursun 2006, s. 62.
  17. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 72.
  18. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 106.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
  20. Tursun 2006, s. 64.
  21. Tursun 2006, s. 137.
  22. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 161.
  23. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 145.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.