Kontent qismiga oʻtish

Pushaymon

Vikiiqtibosdan olingan
Pushaymon

Qardosh loyihalar

Pushaymon — oʻz qilmishi uchun ruhiy ezilish hissi; afsuslanish; afsus, nadomat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Ey voh! Eng shafqatsiz zarba oʻzimga oʻzimdan kelganini his etdim. Lekin juda kech[1].

Men koʻp joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmogʻini tishlab turuvchidan boshqani koʻrmadim[2].

Oxiri pushaymonlik bilan tugaydigan lazzatdan foyda yoʻq.

Pushaymonlik uch xil boʻladi: bir kunlik, bir yillik va bir umrlik. Bir kunlik pushaymonlik arzimagan pushaymonlik boʻlib, u biror narsani yetolmay qolish, arzimagan narsaga ega boʻla olmay qolish sababli paydo boʻladi va tezda unutilib ketadi. Bir yillik pushaymonlik esa qoʻlidan kelsa ham beparvolik tufayli, tayyor yerga ekin ekmay vaqtni oʻtkazib yuborish orqali keladi. Bir umrli pushaymonlik esa adashish orqali oʻziga munosib boʻlmagan murosasiz xotinga uylanib qolish orqasidan keladi[3].

Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq boʻlmoqdalar[4].

Yaxshilikni koʻp qilgan kishining pushaymonligi kam boʻladi.

Oʻtgan ishga pushaymon boʻlish eng ogʻir dard.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 117.
  2. Tursun 2006, s. 115.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 209.
  4. Tursun 2006, s. 114.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]