Men koʻp joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmogʻini tishlab turuvchidan boshqani koʻrmadim[2].
Pushaymonlik uch xil boʻladi: bir kunlik, bir yillik va bir umrlik. Bir kunlik pushaymonlik arzimagan pushaymonlik boʻlib, u biror narsani yetolmay qolish, arzimagan narsaga ega boʻla olmay qolish sababli paydo boʻladi va tezda unutilib ketadi. Bir yillik pushaymonlik esa qoʻlidan kelsa ham beparvolik tufayli, tayyor yerga ekin ekmay vaqtni oʻtkazib yuborish orqali keladi. Bir umrli pushaymonlik esa adashish orqali oʻziga munosib boʻlmagan murosasiz xotinga uylanib qolish orqasidan keladi[3].