Abdulloh ibn Abbos
Qiyofa
Abdulloh ibn Abbos | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
619 Makka |
Vafoti |
687 Toif |
Qardosh loyihalar | |
Abdulloh ibn Abbos (619-yil – 686-yil) – islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad paygʻambarning amakivachchasi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Alloh taologa tavba qilmagunicha qornida harom luqma boʻlgan kishining namozini Alloh qabul qilmaydi[1].
- Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing – qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qoʻldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa boʻlishing – gunohdan koʻra kattaroqdir[2][3].
G
[tahrirlash]- Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni koʻrib turgani holda qalbing choʻchib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qoʻrqishingsodir etgan gunohingdan kattaroqdir[2][4].
H
[tahrirlash]I
[tahrirlash]- Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil boʻlgach, aziz-u mukarram boʻldim[2][5].
- Inson faqat Allohning fazli bilangina koʻz yosh chiqaradi. Farishta kishi qalbini silamagunicha uning koʻzidan yosh chiqmaydi[2][6].
- Insonlarga yaxshilikni oʻrgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istigʻfor aytadi[2][7].
K
[tahrirlash]- Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashgʻul boʻlish menga kechani butunlay bedor oʻtkazishdan mahbubroqdir[2][8].
- Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga gʻazablanib turgan holida yoʻliqadi[2][9].
- Kim boyni ikrom qilib, kambagʻalni xorlasa, laʼnatlangandir[2].
- Kishi niyatiga qarab saqlanadi[2][10].
N
[tahrirlash]- Nujum ilmiga ergashmanglar, chunki u sehr va folbinlikka olib boradi[2][11].
Q
[tahrirlash]- Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin boʻlma. Hech bir gunoh yoʻqki, uni qilganingdan soʻng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda oʻng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging sodir etgan gunohingdan kattaroqdir[2][12].
S
[tahrirlash]- Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi[2][13].
T
[tahrirlash]- Tafakkur bilan va bajonidil oʻqilgan ikki rakat namoz butun tun boʻyi istar-istamas oʻqilgan namozdan xayrliroqdir[2][14].
X
[tahrirlash]- Xolis tavba til bilan aytib, dil bilan pushaymon bo‘lish. Agar tili bilan tavba qilib, dilida gunoh qilishga moyil bo‘lsa, Alloh taoloni masxara qilgandek boʻladi[12].
Y
[tahrirlash]- Yaxshilik haqida oʻylashlik oʻsha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, oʻsha yomonlikni tark etishga chorlaydi[2].
- Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida oʻylash undan qochishga undaydi[2][15].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 54.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 31.
- ↑ Tursun 2006, s. 27.
- ↑ Tursun 2006, s. 15.
- ↑ Tursun 2006, s. 34.
- ↑ Tursun 2006, s. 16.
- ↑ Tursun 2006, s. 13.
- ↑ Tursun 2006, s. 23.
- ↑ Tursun 2006, s. 47.
- ↑ Tursun 2006, s. 19.
- ↑ 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 37.
- ↑ Tursun 2006, s. 14.
- ↑ Tursun 2006, s. 29.
- ↑ Tursun 2006, s. 61.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.