Sulaymon
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish

Sulaymon (miloddan avvalgi X asr) — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, Isroil-Yahudiya davlati hukmdori.
- Nima boʻlgan boʻlsa, oʻsha boʻladi, nima yaratilgan boʻlsa, oʻsha yaratiladi, bu Quyosh ostida hech qanday yangi narsaning oʻzi yoʻq.
- Koʻp donishmandlikdan koʻp qaygʻular kelib chiqadi, bilimini koʻpaytirgan gʻam-gʻussani koʻpaytiradi.
- Koʻp kitob bitsang, buning cheki boʻlmaydi, koʻp kitob oʻqish — jonu tanning azobi.
- Eng muhimi — donolik: donolikka intilgin, oʻzingning butun borligʻing bilan aqlingni peshla.
- Koʻrdimki, bamisoli, zulmatdan yorugʻlikning foydaligi kabi, donishmandlik nodonlikdan foydaliroq.
- Men yana shuni bildimki, dononing ham, nodonning ham qismati bir[1].
- Xudo — odamlarga, ularni maʼrifatli qilish, usiz odamlarni oʻzlarini hayvon ekanliklarini anglash uchun, zarur.
- Huzur-halovat dunyoga kelmagan, yorugʻ dunyoda yuz berayotgan yovuz ishlarni koʻrmagan kishinikidir.
- Nodonning ashulasini tinglagandan koʻra, dononing tanbehini eshitgan afzalroq.
- Qoʻrquvni his etmayin desang — judayan haqiqatgoʻy va oʻta dosnishmand boʻlmagin.
- Oʻyladim: „Donishmand boʻlaman“. Koʻrsam, donishmandlik mendan yiroq ekan.
- Xudo odamlarni toʻgʻri qilib yaratadi, odamlar esa koʻplab hiyla-nayranglarni axtaradilar.
- Inson yorugʻ dunyo ishlarining mohiyatini topa olmaydi, — uni topishga qanchalik urinmasin, baribir, topa olmaydi; hatto, donishmand uni topa olasan, deganda ham topa olmaydi.
- Va, men oʻyladim: jasurlikdan donolik afzal, ammo, faqirning donoligidan nafratlanadilar va unga quloq solmaydilar.
- Yuksak lavozimlarga nodonlik qoʻyilgan, munosiblar esa pastda qolib ketganlar.
- Sen bamisoli, ona qornidaligingda nafas olishing qanday yuz bergaligini va suyaklaringning qayerdan paydo boʻlganligini bilmaganingdek, barcha narsalarni yaratuvchi — Xudoning ishlarini ham bila olmaysan[2].
Manbalar[tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrirlash]
- Abdulhafiz Jalolov. Serjilo tafakkur durdonalaridan (Falsafiy hikmatli iboralar va muxtasar fikrlardan namunalar). Toshkent: „Navroʻz“ nashriyoti, 2003 — 320-bet.