Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Siddiq

Vikiiqtibosdan olingan
Abu Bakr Siddiq

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 27-oktyabr 573
Makka
Vafoti 23-avgust 634
Madina
Qardosh loyihalar

Abu Bakr Siddiq (toʻliq ismi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil – 634-yil 23-avgust) – islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan sahoba, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632–634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi boʻlib, u Muhammad paygʻambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi. Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga oʻxshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi[3][5].
  • Dunyo – moʻminlarning bozori, kecha va kunduz – sarmoyalari, goʻzal amallar – tijorat mollari, jannat – foydalari, jahannam esa zararlaridir[3][6].
  • Hech bir musulmon oʻzidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik koʻringan musulmon Allohning nazarida kattadir[3][8].
  • Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga oʻxshaydi[3][12].
  • Toʻgʻri harakat qilsam, menga ergashing. Toʻgʻri yoʻldan chiqsam, meni toʻgʻri yoʻlga solib qoʻying[3][14].
  • Yaxshilik qilish bilan shaytondan peshqadam boʻlinglar, shunda u ojiz qoladi. Shaytonga koʻz tikmanglar, aks holda u izingizdan yetib olib, sizlarni fitnaga soladi[11].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 150.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 139.
  3. ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. ↑ Tursun 2006, s. 127.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 82.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 79.
  7. ↑ Tursun 2006, ss. 80–81.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 154.
  9. ↑ Tursun 2006, ss. 37–38.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 105.
  11. ↑ 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 140.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 51.
  13. ↑ Tursun 2006, s. 182.
  14. ↑ Tursun 2006, s. 36.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]