Kontent qismiga oʻtish

Abu Lays Samarqandiy

Vikiiqtibosdan olingan
Abu Lays Samarqandiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 944
Samarqand
Vafoti 983
Samarqand
Qardosh loyihalar

Abu Lays Samarqandiy (toʻliq ismi Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy)(944-yil – 1003-yil) – Qonunshunos va ilohiyot olimi, Samarqand shayxulislomi boʻlgan.



  • Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu gʻiybat boʻladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilish gʻiybat boʻlsa-yu oʻzidan gapirsangiz, qanday boʻlarkin?[1]
  • Allohdan qoʻrqishning alomati yetti narsada ayon boʻladi: tilida – yaʼni, tilini yolgʻondan, gʻiybatdan, ortiqcha soʻzlardan tiyadi, Allohning zikri, Qurʼon tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashgʻul qiladi; qornida – yaʼni, faqat halol narsani va hojati miqdoricha yeydi; koʻzida – yaʼni, haromga boqmaydi, dunyoga ragʻbat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi; qoʻlida – yaʼni, uni haromga choʻzmaydi, Alloh toatidagi ishlarga uzatadi; oyogʻida – yaʼni, Alloh gunoh, degan ishlarga yurmaydi; qalbida – yaʼni, undan birodariga dushmanlik, gʻazab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat uygʻotadi; toatda —yaʼni, toati Alloh yoʻlida xolis boʻladi, riyo va nifoqdan saqlanadi[1][2].
  • Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni oʻz ichiga oluvchi koʻp maʼnoli kalimadir, uning maʼnosi – Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan neʼmatlariga shukr aytishdir[1][3].
  • Alloh har bir qalbga ilm gavharini solganki, bandasining qunt-matonati, mehnati davomida doimo sayqal topur[1][4].
  • Alloh taolo fahm-farosat bergani, gʻaflat uyqusidan uygʻotgani, bu dunyodan oʻtib, oxiratini oʻylaydigan qilib qoʻygani naqadar yaxshidir[1].
  • Ayol kishiga eng haqqi koʻp kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi koʻp kishi – onasidir[1].
  • Ey oʻgʻlim, Allohni zikr qilayotgan qavmni koʻrsang, ular bilan birga oʻtir. Chunki olim boʻlsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz boʻlsang, senga ilm oʻrgatadilar. Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga oʻtirsa, uning ilmini egallashga qodir boʻlmasa ham, unga yetti yaxshilik bordir[5].
  • Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymogʻing farzdir: „Assalomu alaykum“, „Bismillahir rahmonir rahim“, „Allohu akbar“[1][6].
  • Fazilat ahlini haddidan oshirmasdan hurmat qilish mustahabdir. Biror kishini boyligidan umid qilib, boy boʻlgani uchun hurmat qilish joiz emas[1].
  • Moʻmin kishi rashkchi boʻlishi kerak. Biror erkak va ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi boʻlmasin. Agar qodir boʻlsa, qoʻli bilan qaytarsin, boʻlmasa, tili bilan. Hech boʻlmasa, qalbi bilan yomon koʻrsin[1].
  • Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: ayol avrat boʻlgani uchun uning satrdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, chunki bu – gunoh va erkaklik gʻururining toptalishidir; xotiniga tahorat, namoz, roʻza kabi zarur ilmlarni oʻrgatish; uni haloldan ovqatlantirish, chunki, goʻsht haromdan oʻssa, olov bilan eriydi; unga zulm qilmaslik, chunki ayol er uchun omonatdir; agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, ss. 44–45.
  3. Tursun 2006, s. 40.
  4. Tursun 2006, s. 11.
  5. Tursun 2006, ss. 17–18.
  6. Tursun 2006, s. 12.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.