Abu Turob Naxshabiy
Qiyofa
| Abu Turob Naxshabiy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Abu Turob Naxshabiy (806-yil – 875-yil) – tasavvuf shayxi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar bir sodiq banda ming-ming yil Allohga boqib, bir lahzagina yuzini oʻgirsa, ana shu lahzada yoʻqotgani topganidan koʻp boʻladi[1].
- Alloh taolo vasliga yetmoqlik — oʻn yetti darajaga koʻratilmoqlikdir: eng birinchisi — itoat va oliysi Uning haqiqatiga tavakkul qilmoqlikdir[2].
- Faqir ulki, uning ovqati – nima topsa, oʻsha boʻladi, libosi avratini yopishga yetadi, makoni qayerda oʻltirgan boʻlsa, oʻsha yerdir[3][4].
- Haq taolo har zamonda olimlarni oʻshal zamona xalqining amallariga munosib soʻzlar bilan gapirtirib qoʻyadi[3][5].
- Qanoat deb yemak-ichmakni Alloh taolodan olmoqqa aytiladi[3][6].
- Qanoat — rizqni Allohdan olmoqdir[7].
- Sizlar ikki narsani talab qilursizlar, ammo topmaysizlar: birinchisi – shodlik va xushvaqtlik, ikkinchisi – rohat va orom. Bu ikkalasi jannatda boʻlur[3][8].
- Tavakkul — inson qalbining Alloh bilan taskin topganidir[7].
- Tavakkul shuki, oʻzingni qullik va bandalik daryosiga tashlagaysan va koʻnglingni Allohga tashlagaysan – agar bersa, shukr qilasan, agar olsa, sabr etasan[3][9].
- Vaqtiki banda ibodatda sodiq boʻlsa, ibodat vaqtida huzur-halovat topadi[3][8].
- Xudo yoʻliga kirgan kishiga ozuqsizlik oziqdir[3][10].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 39.
- ↑ Tursun 2006, s. 56.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 89.
- ↑ Tursun 2006, s. 7.
- ↑ Tursun 2006, s. 50.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 94.
- ↑ 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 28.
- ↑ Tursun 2006, s. 52.
- ↑ Tursun 2006, s. 29.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.