Bayoniy
Qiyofa
Bayoniy | |
Vikipediyadagi maqola |
Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek oʻgʻli; 1858-yil, Qiyot qishlogʻi, Xiva – 1923-yil, Xiva, Patrak) – oʻzbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Agar izzat tilabsan kamnamoligʻ orzusin qil,
Qayu ajnos bisyor, sudi yoʻq, ziyon boʻldi[1]. - Aybni iqror aylamas,
Hech nomus or aylamas,
Pand etsangiz kor aylamas,
Soʻz sadqai uvol ekan[1].
B
[tahrirlash]- Bir tabassum birla xushdil qil, mani desang agar,
Koʻngli abtar, rangi chun zar, diydasi tar boʻlmasun[1].
E
[tahrirlash]F
[tahrirlash]- Feʼlu xulqu soʻzlarida rostliq ermas ayon,
Man muncha hayron, bu ne atvor ekandur, bilmadim.
Qilsalar har vaʼda shak yoʻq munda yolgʻondur bori,
Muncha yolgʻon soʻz nega darkor ekandur, bilmadim[1].
H
[tahrirlash]- Hamroz doʻst topilsa-yu, jonlar fidosidur,
Orzu shuldurki: kamina koʻngul muddaosidur.
Xush suhbati majruh dilim davosidur,
Maqdami koʻzima ayni shifo, xoki posidur[1]. - Har dam chekibon ming mashaqqat,
Kun dema oʻtgan kuningni tundur[1].
J
[tahrirlash]- Jahonda kamsuxan kim boʻldi, asrori nihon boʻldi,
Kimiki soʻzladi koʻp, bilki rasvoyi jahon boʻldi[1].
I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Kulfat tushub boshigʻa, ogʻu tushub oshigʻa,
Kelmay kishi qoshigʻa, aqronu mehribonlar[1].
M
[tahrirlash]N
[tahrirlash]- Nodon sevar zamona, dod ilkidin netay,
Boshim olib figʻon ila bir tomon ketay[1].
S
[tahrirlash]- Sardorlar oʻldi bexiradlar,
Aql ahli yuragi toʻldi qona[1]. - Sensiz manga kerakmas rubʼi maskun,
Garchi qarin esa har bir umri jovidona[1]. - Suhbatni gulistonda soz aylabon aylang soz,
Ham soqiyi gulchehra tutsun mayi sahboni[1].