Yaxshilik, ezgulik – 1) yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik; 2) ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini koʻzlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik.
Agar yaxshilikning sababi boʻlsa, u yaxshilik boʻlmaydi; yaxshilikning natijasida mukofot berilsa, bu ham yaxshilik emas. Demak, ezgulik sabab va oqibatlar zanjiridan tashqarida yashaydi[1]. [„Anna Karenina“ asaridan]
Birovga qilingan yaxshilik kishini shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa oʻxshab oxiri oʻchib ketmaydi, qaytaga yanada yorqinlashib oʻzimizga qaytib keladi[4].
Birovga yaxshilik qilgan kishi oʻziga yaxshilik qilgan boʻladi, yaxshilikdan yaxshilik kutib emas, yaxshilik uchun yaxshilik qilish kerak, chunki bundan odam bitmas-tuganmas huzur oladi[3].
Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik[6].
Eng nozik nihollar ham toshday qattir yerni, qoyalarning toshini yorib oʻsib chiqadi. Yaxshilik ham xuddi shunday. Hech qanday tigʻ, hech qanday gurzi, hech qanday qurol inson saxovatining qudratiga teng kela olmaydi![3]
Hakimlar aytmishlar: „Yaxshilikni asosi uch narsada: birinchi, barchaga nisbatan riyosizkamtarlikda, ikkinchi, minnatsizsaxovatda, uchinchi, haq talab qilinmaydigan xizmatda. Odamlar toʻrt narsani qidirmaslikka ilojsizdirlar: birinchi, yaxshilik va yomonlikni ajratishga yordam beradigan ilmni, ikkinchi, tirikchilik oʻtkazishga kerak boʻladigan asbob-anjomlarni, uchinchi, kayfiyatni yaxshi tutadigan vositalarni, toʻrtinchi, odamlar bilan murosani[7].
Hayotimizning abadiy va oliy maqsadi — ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning oʻzi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas[12].
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur boʻlsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging boʻlsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham[12].
Payti kelgan qattiqqoʻl boʻlishga qurbi yetadigan odamgina ezguligi uchun maqtovga sazovardir: aks holda, irodaning boʻshligi yoki faolsizligidan kelib chiqadigan muloyimlik ham ezgulik boʻlib tuyulishi mumkin[4].
Yaxshilik qilish har qanday yuksaklik sari tashlangan qadamdir; ezgulik qilmasang, bir kunmas-bir kun tubanlik seni oʻz qaʼriga tortadi, yaxshilik oʻrniga yomonlik qilasan[4].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.