Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Ortiqxoʻjayev

Vikiiqtibosdan olingan
Jahongir Ortiqxoʻjayev
Vikipediyadagi maqola

Jahongir Ortiqxoʻjayev (2-yanvar 1975-yil) – Toshkent shahrining sobiq hokimi. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar-joy, Artel, Discover Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan.

2019-yil

[tahrirlash]

14-may

[tahrirlash]
  •  

Har qanday biznes yaxshi, agar jasorating boʻlsa![1]

 

Любая бизнес хороша, если у тебя дух есть

23-avgust

[tahrirlash]

Meni sudga bering! Qayerga istasangiz. Boring, Xudo haqqi meni sudga bering! Siz meni ayblayapsiz, xuddi men ataylab qilganday! Boring, qayerga istasangiz boring! Men bu ishlardan charchadim. Istasangiz prezidentga boring, istasangiz Xudoga boring!.. Men siz bilan xotirjam gaplashib, bu masalani hal qilmoqchi edim. Endi istasangiz, shikoyat qilib Bryusselga boring, marhamat! Hech kim men bilan bunday gaplashishga haqli emas, men nafaqat hokim, balki shu mamlakat fuqarosiman, xuddi siz kabi. Qayerga borsangiz boring! Istasangiz – isyon qiling, istasangiz – piketga chiqing. Men nima qila olaman? Men qonunga qarshi bormayman. Men harakat qildim. Buning uchun sizlar bilan uch marta uchrashdim. Muammolaringizni sud hal qiladi, men bu muammolardan charchadim. Men buni hal qila olmayman, tushunyapsizlarmi?

Erlaring bormi sanlarning oʻzi, bolalaring bormi, gʻurur bormi? Musulmon ayol erkak kishi gapirganda yerga qarab jim oʻtiradi[2].

16-noyabr

[tahrirlash]

Bizning davrimizda bitta narsaga ishonardik, hamma ergashardi, ishonardi. Bitta ish boʻlardi, yoʻl qurilgan, Fargʻona kanali qurilgan, katta-katta ishlar boʻlgan. Majburiy mehnat, hashar. Bu qadriyatimiz-ku bizning. Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi bular. Qadriyatni yoʻqotdik-ku. Qadriyatni yoʻqotdik-ku? Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi. Qani endi hashar? Qani? Itam dumi bilan tozalab oʻtiradi eshigini tegini. Endi koʻchasi tugul, uyining oldini tozalata olmayapmiz-ku bolam? Qadriyatimizni yoʻqotdik-ku! Kim qildi buni? Siz qildingiz. U yerga borib mikrofon tutadi, majburiy mehnat deb, bu maktabga boradi… Oʻzimizning maktabimizda qorni oʻzimiz kurardik-ku, partani kraskalardik, eshikni kraskalardik, qabristonni tozalardik. Qani bular? Kim qildi buni? Oʻzimizning ichimizdagi oʻzbek, itning bollari qildi. Qadriyatni bilmagan. Ertaga, aytyapman-ku, xuddi Amerikaga oʻxshab, Angliyaga oʻxshab „dada, meni urishmang, haqqingiz yoʻq“ deydi. Qiladi shu ketishda boʻlsa… Dinda yozib qoʻyilgan, birovning qaygʻusining ustidan pul ishlash, foyda topish haqida nima deyilgan… Mana, siz bilasiz, toʻgʻrimi, bu maʼnaviyat… Yoʻq bu narsa yoʻq. Xudo koʻrsatmasin, ertaga dushman kelsa, xalq bilan hukumatni ayirib qoʻydi. Dilfuzayam koʻp marta aytgan, matbuot bilan yaxshi boʻlishimiz kerak, deb. Bir yaxshi boʻlasan, ikki yaxshi boʻlasan, uch yaxshi boʻlasan. Man bitta gapni aytay. Bir hafta oldin mani zavodimda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ***dan olib ***ga soladi. Monopol, „Artel“ dabdala, deb! Bir haftadan keyin oʻn ming dollar bersang, oʻsha mahsulotni maqtab chiqadi-da, reklama asosida deydi! Oʻzi ular kim? Ular uchiga chiqqan maxluqlar! Bir hafta oldin yomonlab turib, bir haftadan keyin pul evaziga oʻsha mahsulotni yaxshilaydi. Kim oʻz ular? Onaning bolasimi bular yo itning bolasimi?! Raz prinsipingda tursang, tur oxirigacha. Tur. Men pulga sotilmayman, mahsulotingni yomon, yomonligini tan olaman, mahsulotingni omayman de. Prinsip yoʻq, iflos, bedolaga! Bugun odam deb turganini ertaga odammas deydi. Vot qadriyat. Mana ayb qatta. Man nimadan qoʻrqaman. Manam hamma qatori odamman. Man xalqqa nima yomonlik qildim? Biz ishladik xolos, toʻgʻrisini aytaman, it kunida ishladik. Bittasi yozadi, ishchilarni 12 soat ishlatyapti deb, bittasi yozadi ovqat bermayapti ekan deb. Uch ming odam Rossiyadan keldi, oilasi bilan shu yerda yashab ishlayapti. Uch ming odam qaytib keldi Rossiyadan. Hech kim buni yozmaydi. Faqat negativ. Sensatsiya. Bu bolaning (Abdurasul Vahobov) qorayib kuyib ketganini koʻrdingizmi? Ertalab oltida chiqib ketib, kechasi oʻn ikkida keladi uyiga. Qirq uch daraja issiqda, qirq besh daraja issiqda koʻchada yurganini koʻrdingizmi? Koʻrmadinglar. Bu bola menga hech kim emas. Toʻgʻrisi. Oti Abdulazizmi, Abdurasulmi, bugun bildim. Menga hech kim emas. Yarim soat gaplashib jonim achidi. Muammolar koʻp. Qayerga ketyapmiz? Nima qilyapmiz? Tushunib yetmayapman. Nimaning ishtirokchisimiz? Mayli yigitlar, hayotda hamma narsa bor. Vaqtincha narsalar bor. Ashulachilar bor, bir ashula aytadi, keyin vaqti oʻtadi. Lekin Sherali klassika. Uning ashulasi oʻlmaydi. Toʻgʻrimi? Lekin biz oshirib yubordik erkinlik tegdi deb. Istalgan ashulamizni aytib tashadik. Mana turkcha kinolar koʻpayib ketuvdi, kamaytirishdi. Toʻgʻri qilishdi. Chunki haddidan oshib ketuvdi telekanallar. Toʻgʻrimi? Haddidan oshib ketuvdi. Biz nimaning ishtirokchisimiz bugun. Ishlarimiz asoslimi? Oʻn yildan keyin oʻzimizni qayerda koʻramiz? Biz boʻlamizmi, boʻmimizmi? Xalq bizni qabul qiladimi, yoʻqmi? Biz bugun qoʻyayotgan fundament oʻn yildan keyin boʻladimi? Kim biz oʻzi? Xalqqa, millatga foydamiz tegyaptimi yoʻqmi? Toʻgʻrisi, hokimlar yura olmay qoldi. Kesin, manga, bir yarim yildan beri ishlayman, bir soʻm pora oganini isbot qilib bersin, bir soʻm harom yeganini isbot qilib bersin, men otamning bolasi emasman. Otam qanday mashhur odam boʻlgan, shaharning zabardast odami boʻlgan, Toshkentni soʻragan odamlardan boʻlgan. Bilmayman. Oʻsha bolaga rahmim keldi. Yozinglar, istaganlaringcha. Hech kim oldinglarni toʻsayotgani yoʻq. Lekin har bir odam Xudoning oldida oʻzi javob beradi. Menga qiziq, shuncha tadbirkorning muammosi turib, bitta oʻshaning ishi bilan borilgan. Nima bor bu yerda, manfaat bormi? Shaxsiy manfaat bor. Bilmasam. Bir tomonlama oʻrganasizlar. Ikkinchi tomonni oʻrganmaysilar. Hokimiyat hududida kamera koʻtarib yurish mumkinmi? Qoʻlingda hujjating yoʻq, formang yoʻq. Masalan, sening uyingga kamera bilan bora olamanmi, ukam? Qanaqa reaksiya boʻladi? Xafa boʻlasanmi? Bore, kamerangni yoʻqot deysan, toʻgʻrimi? Hujjat koʻrsatmagansizlar. Etikada oldin ruxsat soʻraladimi? Kameraga olamiz deb. Ruxsatsiz kameraga olishga haqqing bormi? Bitta narsaga kelishamiz, erkakcha gaplashamiz, maylimi? Bu ishni qonun doirasida hal qilamiz. Xalqni aralashtirmaymiz, saytga chiqarmaymiz. Ikki tomonning harakati oʻrganiladi. Qonun, sud nima desa shu boʻladi. Bunga ayb qoʻyilsa shu jazoni beramiz. San aybdor boʻlsang shu jazo. Faqat xalqni aralashtirmaymiz. Sud bilan hal qilamiz. Rozimisan. Hech qayerda yozmaysan. Agar shu gap orada qoladigan boʻlsa. Oxirigacha olib boramiz. Alloh oldida soʻz beraman, sudga taziyq oʻtkazmayman. Barchasi qonun boʻyicha. Agar bu aybdor boʻlsa buni haydayman. Sanda ayb boʻlsa bundan keyin jurnalistlik qilmaysan. Jarimani toʻlaysan, chiqasan oʻyindan. Noprofessionallik uchun. Ikkinchi jurnalistlik qilmayman deb aytasan xohlasang, aytmasangam mayli. Rozimisan shunga. Qoʻlni uz. Tashqarida xalq aralashmaydi. Men jurnalistikani bugun ashula aytib, ertaga yoʻq boʻlib ketadigan ahvolda koʻrishni xohlamayman. Jiddiy kompaniyalar boʻlishini, jahonga chiqishini, oʻzbekdan chiqishini xohlayman. Orzum shu. Men professional jurnalistlarni qattiq hurmat qilaman. Professionallarni. Masalan, Poznerni eshitib maza qilaman. U professional. Lekin men yengil-yelpi materiallar bilan buni (hokim oʻrinbosari) bervormayman. Shunchaki berib yubormayman. Oʻz xodimimni osonlik bilan xafa qildirib qoʻymayman. Men shunday qilishim mumkinki, sizlardan mahalla voz kechadi. Bu qoʻlimdan keladi. Shunday qilishim mumkinki, ota-onang bosh koʻtarib yurolmay qoladi. Men buni qilishim mumkin. Nima, menga sizlarni gey deb eʼlon qilish qiyinmi? Bu juda oson. Oson. Soʻz erkinligi! Shuning uchun, bizga tosh otishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻringlar. Yaxshisi biz bilan ishlanglar. Odamlarda bizga nisbatan nafrat ishlatishdan koʻra, qandaydir muammo tugʻilsa, bizga bu muammoni yechishda yordam beringlar. Nechta odam ishlaydi sizlarda? Xohlasang, 2-3 kun besabab uydan chiqib ketlaring, yoʻqolib qollaring, ishchilaring nechta qolarkan? Uch kun besabab bittang uydan chiqib ketlaring, qolmaydi ishchilaring. Toʻrtta qoladi. Shuni xohlaysizlarmi? Oʻzlaring, prosto, hech kimga aytmasdan, yoʻqolib qolinglar uch kun. Shunchaki, sinab koʻringlar. Prank deydimi buni. Uch kun yoʻqolib qollaring, koʻrasanlar nima boʻlishini. Sen ertaga yoʻqolib qolgin uch kun, shunchaki hech kim bilan aloqaga chiqma, nima boʻlishini koʻrasan. Agar gapimni notoʻgʻri tushunmayotgan boʻlsang. Shunchaki, hayot tajribamni aytyapman. Uch kun yoʻq boʻlib qolsang, jim boʻlib. Sen tirikmisan, hech kim xabar olmaydi aytib qoʻyay senga. U yer, bu yerda yozishadi, bir haftadan keyin unutishadi. Boʻldi. Qayerdadir choʻkib oʻlgandir-da choʻmilayotganida, deyishadi, boʻldi. I vse. Hayot shunaqa. Lekin zoʻr odamlar [odamlarning xotirasida] qoladi. Ashulasi ham, ijodi ham. Erkin Vohidovni, Abdulla Oripovni hech kim unutmasa kerak, menimcha. Toʻgʻrimi? Mana, Abdulla Qodiriylar unutilmaydi. E, qancha yozuvchilar boʻldi… Ular unutiladi. Zoʻr boʻllaring, muammo yoʻq. Men senlarni koʻrganda quchoqlashib koʻrishay! Tushuntira oldimmi? U yer, bu yerga borganlaringda qarsaklar bilan, rasmga olib, hurmat qilib senlarni kutib olishsin, men hurmat qilaman bu narsalarni. Uning uchun ishlash kerak-da. Yaxshi ishlash kerak. Xafa boʻlmaysanlar. Meni bir dardimni eshitdilaring, xolos-da. Lekin men buni (Vahobov nazarda tutilmoqda) „obidnyy“ qoʻyib qoʻya olmayman, xafa boʻlmaysanlar. „Do konsa“ desalaring, „do konsa“ boramiz. Meni ishdan olib tashlaguncha olib borlaring, gap boʻlishi mumkin emas. Farqi yoʻq. Yoʻqotadigan hech balomiz yoʻq. Lekin men oʻz odamimni berib qoʻymayman… Balki yomon ishlasa, 3-4 oydan keyin haydab yuborarman. Lekin hozir emas.

Manbalar

[tahrirlash]