Muhammad Gʻazzoliy
Qiyofa
| Muhammad Gʻazzoliy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
22-sentyabr 1917 Nekla El Enab |
| Vafoti |
9-mart 1996 va 10-mart 1996 Makka |
| Qardosh loyihalar | |
Shayx Muhammad Gʻazzoliy (22-sentyabr 1917-yil, Misr – 9-mart 1996-yil, Saudiya Arabistoni) – Islom dini va uning muqaddas kitobi Qurʼonni zamonaviy uslubda tushuntirishga intilgan asarlari bilan keng muxlislar orttirgan misrlik islom olimi va ulamosi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Koʻpchilik yoshlar koʻproq vaqtlarini vaʼz va diniy darslar eshitishga bagʻishlashni, dunyo ishlari va hayotiy ilmlarga esa ozgina vaqt sarflashni taqvodorlik deb oʻylashadi. Islom bu yoʻl bilan hech narsa yutmaydi. Agar aqida ahli qiziltanlilarga oʻxshab soddalik qilsa, niyati qanchalik yaxshi boʻlmasin hech qachon gʻolib boʻlolmaydi.
Ey musulmon, hayot tizginini ilm va iqtidor bilan qoʻlingga ol! Shunda oʻzing eʼtiqod qilgan haqiqatga nusrat bera olasan[1]. - Men musulmonman. Hayotni sevaman va uning goʻzalliklaridan quvonaman. Alloh meni borliqda mehmon qildi va eng yaxshi narsalar bilan ziyofat etdi.
Uning bu karamini rad etish ahmoqlik. Shuningdek neʼmat berganga shukrdan bosh tortish ham hamoqat. Alloh subhanahu hamma narsani Oʻz fazli bilan bilan beradi va unga goʻzal eʼtirofdan boshqasini istamaydi.
Ana shu eʼtirof judayam katta toʻlovmi? Aftidan koʻpchilik odamlarga bu toʻlov ogʻirlik qiladi. „Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir“. (Saba surasi, 13-oyat)[1]