Kontent qismiga oʻtish

Mujrim-Obid

Vikiiqtibosdan olingan
Mujrim-Obid
Vikipediyadagi maqola

Mujrim-Obid (taxallusi; asl ismi: Mirakxoʻja oʻgʻli, XVIII asrning 2-yarmi; hozirgi Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Kumushkent – XIX asrning 1-choragi) – zullisonayn shoir.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bu masaldur, Obido, xalq ichrakim, qaysi yatim,
    Ogʻzi tegdi oshqayu, burnidin qachon qon kelmadi[1].
  • Dushmanni oʻzingga mahrami jon qilma,
    Oʻz joningga jabr-u nuqson qilma.
    El mashvarati birla har ish topar saloh,
    Ish qilma oʻz oldingcha, pushaymon qilma[1][2].
  • Hech birodardan manga kelgan emas buyi vafo,
    Ahli olamda maningdek purjafoye bormikin?
    Mehr izlab qahr koʻrgan, sharbat izlab zahr nush,
    Ruyi rohat kurmagan mehnatadoye bormikin?[1]
  • Koʻrdiki kimda bordur davlat anga duchordur,
    Naf’i yetgʻay xayoligʻa oʻzni oshno qilur.
    Birovni gʻam bila, qaygʻu bila ado aylar,
    Birovni ishrati olamgʻa poydor qilur.
    Birovni diydai binosidin judo aylab,
    Tamomi umrin asokashga intizor qilur.
    Birovga simu zar behisob roʻzi etar,
    Birovni bir pul uchun yoʻl yuzida zor qilur[1].
  • Ne taraf azm aylasam oldimda istiqbol gʻam,
    Boqmay utsam ham kelur soya kabi dunbol, gʻam[1].
  • Suchuk til birla, ey Obid, bu gʻamli dilni shod etgil,
    Ki jon tandin vijod etguncha bu shirin zabon yaxshi[1].
  • Umr yoshdin oʻtar, havas dildin,
    Ayogʻing hech uzilmagay gildin.
    Koru boring erur pushaymonligʻ,
    Bori sudu ziyon parishonligʻ[1].
  • Gʻami dunyoga chirmashgʻon sari holing zabun boʻlgay.
    Harifi soda tab’lar koʻp baloga mubtalo[1].
  • Chekib minnat adadsiz, ruyi rohat kurmadim hargiz,
    Azaldan, ey birodarlar, jafokashga vafo boʻlmas[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.