Kontent qismiga oʻtish

Qozi Ahmad Gʻafforiy

Vikiiqtibosdan olingan
Qozi Ahmad Gʻafforiy
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Qozi Ahmad Gʻafforiy (toʻliq ismi: Qozi Ahmad ibn Muhammad ibn Najmiddin Abdulgʻaffor al-Jaʼfariy al-Gʻafforiy al-Kazviniy; 1515-yil – 1568-yil) — tarixchi olim.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Adolatning faqat bitta surati bor, zulmning boʻlsa — mingta[1][2].
  • Biron qogʻozga qoʻl qoʻymoqchi boʻlsang, biron odamni xafa qilib qoʻymaslikni oʻyla![1][3]
  • Boylikka hirs qoʻyish — joduning sirtmogʻiga tushib qolish bilan barobar[1][4].
  • Johilning uzun hassasi bor, lekin uning bir uchi doimo oʻzining boshida turadi[1][5].
  • Kimki ehtiyot sovutini kiyib olsa, zamon hodisalarining oʻqidan omon boʻladi[6].
  • Mansabdor boshda shon-shuhratga ega boʻladi, oxiri — dorga[1][7].
  • Musibatga sabr qil, chunki sening ustingdan kuluvchilar ham bor[1][8].
  • Ogʻizga kelganni soʻzlashning oxiri voy![1][9]
  • Vaqt keskir qilichdir, u hech narsaga qaramay shartta oʻtadi-ketadi. Sen esa voy-voylagancha qolaverasan[1][10].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 109.
  3. Tursun 2006, s. 126.
  4. Tursun 2006, s. 69.
  5. Tursun 2006, s. 58.
  6. Tursun 2006, s. 128.
  7. Tursun 2006, s. 108.
  8. Tursun 2006, s. 85.
  9. Tursun 2006, s. 143.
  10. Tursun 2006, s. 114.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.